Eshkak eshish sport trenirovkasi xususiyatlari. Sportda yuqori natijalarga erishish uchun funksional sistemalarni va energetik resurslarni samarali sarflanishini ta’minlovchi psixik sifatlar kompleksiga alohida ahamiyat berish lozim. Yuqori psixik imkoniyatga ega bo’lgan sportchilar bir xil sharoitda o’g’ir va havotirli charchash holatini yengishda, funksional resurslarni chuqur sarflanishini ta’minlashda, inson organizmi imkoniyatlarga ta’sir qiluvchi vegetativ nerv sistemasi faoliyatini kengayishida erishishda boshqa sportchilarga nisbatan o’zini dadil tutadi. Bu qobiliyatlarni takomillashtirish sport faoliyatini hamma qismlarida amalga oshiriladi, ayniqsa, individual imkoniyatlarni maksimal yuzaga chiqarish bosqichida alohida e’tibor beriladi.
Sportchi organizmi jismoniy va psixologik imkoniyatlariga yuqori ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq maxsus chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlar majmuasi samarali natijalarga erishishni ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Bu mashqlar ta’sirida yuqorida ko’rsatilgan uslubiy usullarni qo’llash psixik boshqarilishni har xil vositalari bo’lishi mumkin.
Psixik boshqarilishni takomillashtirish, maxsus tayyorgarlik va ayrim musobaqaviy mashqlarni maqsadga yo’naltirgan holda bajarish maxsus tayyorgarlikni yuqori darajaga ko’tarishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan psixik tayyorgarlikni asosiy qismi hisoblanadi.
Sportchida ko’p yillar davomida tayyorgarlikni takomillashtirishga bo’lgan hohishini saqlash zamonaviy sport trenirovkasida psixik tayyorgarlikni muhim muammolardan biri. Oxirgi yillarda bu muammo keskin o’suvchi trenirovka va musobaqa yuklamalari, jismoniy va psixik toliqish bilan bog’liq bo’lib qolmoqda.
Tayyorgarlikni boshlang’ich bosqichida trenirovka jarayoni katta yuklamalar bilan bog’liq emas, aksincha, ko’plab yangilik va qiziqishlardan tarkib topgan. Sportchi mashg’ulotdan mashg’ulotga rivojlanib boradi. Bularning hammasi yosh sportchilarda mashg’ulotlarga tabiiy qiziqishni qo’llab-quvvatlashni keltirib chiqaradi. Kelajakda yuklamalar ko’lamining oshishi, ma’lum turg’unlik, ayrim hollarda natijaga erishishning cho’zilib ketishi kuzatiladi. Ko’pchilik sportchilar bunday holatda mashg’ulotlarga avvalgi qiziqishini saqlab qololmaydilar. Shu sababdan ko’pchilik sportchilar trenirovkani to’xtatadilar yoki bu sport turi qiziqarsiz degan to’xtamga kelib boshqa, o’zi uchun qiziqarliroq bo’lgan sport mashg’ulotlariga o’tib ketadilar. Shunisi achinarliki, bu holat sportchilar yuqori natijalarga erisha olmaydigan ikkinchi va uchinchi bosqichda sodir bo’ladi. Bu davr ular uchun trenirovka mashg’ulotlarida o’zining barcha imkoniyatlarini ko’rsata olmaydigan, yuqori natijalarga erishish uchun yirik musobaqalarda raqobatlashmagan, soniyaning bir qismi uchun kurashmagan, shaxsiy va jamoa g’alabasi nashidasini totmagan davr hisoblanadi.
Sportchilar orasida shunday holatlar ham uchraygiki, bir qancha yillar davomida shug’ullangan sportchilar ham doim o’sib boruvchi qiyinchiliklar va davriy turg’unlikka duch kelganda qiziqishi pasayib, mehnatsevarligi kamayadi, o’zini qadrlaydigan bo’lib qoladi va oxirida sport bilan shug’ullanishni to’xtatadi.
Ko’rsatilgan muammolar sportchilarni psixologik tayyorgarligini samarasizligi va yetishmasligi bilan bog’liq. Ko’p yillik tayyorgarlikni oxirgi bosqichlarida sportchilarda yuqori kuchlanishli sharoitda tayyorgarlik motivini yuqoriroq natijalarga erishishga qaratish va trenirovka mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishni saqlab qolish, hattoki oshirishga erishish uchun qanday tadbirlar ko’llash kerak?
Sport trenirovkasida o’z-o’zini boshqarish. Sport trenirovkasida o’z-o’zini boshqarishni muhim funksiyalaridan biri – o’z-o’zini qo’llab quvvatlashni ta’minlovchi optimal tarkib va tizimiga qo’yilgan aniq maqsad va dasturni esda saqlashni talab qiladi. Sport trenirovkasida o’z-o’zini boshqarishda o’z hissiyotlari ustidan nazorat olib borish katta yordam berishi mumkin. Quyida nafaqat sportchilar uchun, balki talabalar va sport shifokori amaliyotchilari uchun ham zarur bo’lgan yurak qisqarish soni (YuQS) bilan bog’liq ma’lumotlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |