Dopingga qarshi kurash. Oxirgi yillarda aerob mahsuldorlikni talab qiluvchi ayrim sport turlarida (ayniqsa chang’i poygasida) Xalqaro musobaqalarda qatnashuvchi sportchilar orasida astmatik degan tibbiy hulosani taqdim qilish holatlari ko’p uchramoqda va shuning uchun antiastmatik preparatlarni qo’llamasdan yashay olmasligini bildirmoqda. Bunday preparatlarni iste`mol qilish (shifokorlar tomonidan tasdiqlangan holda) bunday sportchilarga raqiblari ustidan sezilarli ustunlikni beradi. Bir vaqtning o’zida doping-nazorati jarayonida yuzaga chiqmaydigan (masalan, bir qator peptid gormonlar) preparatlar keng tadbiq qilinmoqda va ish qobiliyatni qo’llab-quvvatlovchi samarali irsiyat (gen) texnologiyalarni izlab topish ustida ishlar amalga oshirilmoqda.
Sportda doping muammosi keskinlashuviga oxirgi yillarda parhez qo’shimchalarni ishlab chiqarishning keng tarqalishi va ularni sportchilar tomonidan iste`mol qilinishi ham sabab bo’lmoqda. Bu qo’shimchalar farmakologik preparatlarning dorivorlar tarkibiga kirmaydi, qat`iy klinik tajribalardan o’tmaydi va oqibatda ishlab chiqarilishni va bozorga chiqish jarayonini yengillashtiradi. Ammo ko’pchilik qo’shimchalarga qo’llanilish bo’yicha yo’riqnomada va etiketkasida keltirilmagan holda ta`qiqlovchi moddalar (anabolik steroidlar, psixomotor qo’llab-quvvatlovchilar va b.) qo’shiladi. Shu sababli sportchilar va dopingga qarshi kurashish tizimi vakillari orasida jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining oxirgi 40 yil ichida dopingga qarshi jiddiy va faol kurashishiga qaramasdan ta`qiqlangan moddalardan foydalanish muammosi hal qilinmayapti va yildan-yilga yanada kengroq keskinlikni yuzaga keltirmoqda.
Doping moddalari va usullari haqida tushuncha. Dastlabki yillarda olimpiya sportida qo’llanilishini ta`qiqlovchi preparatlar va usullarni Xalqaro olimpiya qo’mitasi Tibbiy komissiyasi tayyorlagan. 1999 yilda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ta`sis etilgandan keyin ta`qiqlangan preparat va usullarning Ro’yhatini tuzish va ularni qayta ko’rib chiqish tartibini o’rnatish funksiyasi mazkur tashkilotga berildi. WADA tavsiyasi bo’yicha har yili 1 yanvardan kuchga kiruvchi ta`qiqlangan preparatlar va usullar Ro’yhatini Xalqaro olimpiya qo’mitasi yangilaydi.
Ta`qiqlangan preparatlar Ro’yhatini shakllantirishda Xalqaro sport federatsiyalari salmoqli ta`sir ko’rsatadi. Ular aynan bir sport turida natijaga ijobiy ta`sir ko’rsatuvchi alohida moddalarni Ro’yhatga qo’shishni tavsiya qilishadi.
Ta`qiqlangan moddalar va usullar Ro’yhatida taqdim qilingan (2009y) moddalar quyidagi sinflarga bo’linadi:
2014 yildan ksenon va argon ingaliyatsiyasi Ro’yhatga kiritilgan
Ta`qiqlangan moddalar bilan farmakologik ta`siri o’xshashligi bilan bo’g’liqligi sabali ro’yhatda keltirilgan bo’lmasa ham ta`qiqlangan sinfga taalluqli hech qaysi modda ishlatilishi mumkin emas. Sportchilar dopingga qarshi kurashish xizmati Ro’yhatiga kiritilmagan moddalarni iste`mol qilganligi haqidagi hech qanday da`vo qabul qilinmaydi. Bu o’rinda MOQ Tibbiyot komissiyasining sobiq rahbari shahzoda A. de Merod barcha ta`qiqlangan moddalarni sanab o’tish uchun lug’at zarurligini ta`kidlagan edi. Va bu haqiqatdan ham shunday, chunki mutaxassislarning fikricha ta`qiqlangan moddalar sinfiga kirishi mumkin bo’lgan dori-darmonlar 30 mingdan oshib ketadi. Bu esa dunyodagi farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarilayotgan preparatlarning juda katta qismini tashkil qiladi.
Ta`qiqlangan usullarga qon orqali doping (gemotransfuziya), ta`qiqlangan modda va usullarni qo’llanilganligini yashiruvchi farmatsevtik, kimyoviy va jismoniy manipulyatsiyalar, vena orqali infuziyalar (tibbiy yordan ko’rsatish zarurati yuzaga kelgan hollardan tashqari) hamda irsiy doping kiradi.
Musobaqa sharoitida yuqorida sanab o’tilgan barcha moddalar va usullar tekshiruv orqali tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |