qadar ta’limning asosiy maqsadi faqat mansabdor shaxslarni tarbiyalashdan iborat edi.
Hozirgi kunga kelib, avvalgi bob va paragraflarda ko’rib o’tganimizday, Xitoy ta’lim
tizimi o’z ichiga maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, to’liq o’rta maktab,
O’zbekiston-Xitoy ta’lim tizimining qiyosiy tahlili:
Xitoyda maktabgacha ta’lim 3 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi;
-
O’zbekistonda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar maktabgacha ta’lim
muassasalariga boradilar;
-
Boshlang’ich ta’lim Xitoyda 6 yoshdan 12 yoshgacha ya’ni 6 yil davom etadi,
-
O’zbekistonda esa 7 yoshdan 11 yoshgacha ya’ni 4 yil davom etadi.
-
Xitoyda boshlang’ich ta’limdan keyin to’liqsiz o’rta maktabga yoki kasbiy
boshlang’ich maktabga boorish mumkin. O’qish 12 yoshdan – 15 yoshgacha.
-
O’zbekistonda boshlang’ich ta’limdan keyin o’rta ta’limga o’tiladi. O’qish
muddati – 5 yil, 11 yoshdan 16 yoshgacha.
-
Xitoyda to’liqsiz o’rta maktabni bitirgan o’quvchilar to’liq o’rta maktabga
o’tadilar; kasbiy boshlang’ich maktabni bitirganlar esa kasbiy o’rta maktabga o’tadilar.
O’qish muddati 3 yil.
-
O’zbekistonda o’rta ta’limdan keyin o’rta maxsus kasb-hunar ta’limiga o’tiladi.
Bu ta’lim o’z navbatida o’rta maxsus ta’lim (AL) va kasb-hunar ta’limi (KXK)lariga
bo’linadi. O’rta ta’lim bitiruvchilari hohishiga ko’ra akademik litsey yoki kasb-hunar
kollejlariga o’qishga kirishlari mumkin. O’qish muddati 3 yil.
-
Xitoyda to’liq o’rta maktabni bitirganlar oliy o’quv yurtining bakalavriat
bosqichiga topshiradilar. Kasbiy o’rta maktabni bitirganlar esa kasbiy oliy maktabga
topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
-
O’zbekistonda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tugatganlar oliy o’quv yurtlariga
topshiradilar. O’qish muddati 4 yil.
-
Xitoyda kasbiy oliy maktabni bitirganlar ishga joylasha oladilar (18-22 yosh).
-
O’zbekistonda kasb-hunar kollejini bitirganlar ishga joylashishlari mumkin yoki
oliy o’quv yurtiga kirib, o’qishni davom ettirishlari mumkin.
-
Xitoyda oliy ta’limning magistratura va doktarantura bosqichlari mavjud.
-
O’zbekistonda esa magistratura, aspirantura va doktorantura bosqichlari mavjud.
-
Xitoy 9 yillik majburiy ta’lim joriy etgan.
-
O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim mavjud.
-
Xitoyda 9 yillik majburiy ta’lim olganlar miqdori 99,3 % ni tashkil etadi.
-
O’zbekistonda bu ko’rsatkich 99,5 % dan iborat.
-
Xitoyda 9 yillik ta’lim bepul.
-
O’zbekistonda 12 yillik majburiy ta’lim bepul.
-
Xitoyda oliy o’quv yurtida faqat iqtidorli talabalargagina stipendiya beriladi.
-
O’zbekistonda esa 55 % dan ortiq ball to’plagan barcha talabalar stipendiyalar
bilan ta’minlanadi.
-
O’qish yili aynan bizdagiday, Xitoyda ham 1 sentabrdan boshlanadi va iyulgacha
davom etadi.
-
Xitoy talabalari uzoq qishki ta’tilga chiqadilar: dekabr oxiridan fevralni boshiga
qadar.
-
O’zbekistonda esa qishki ta’til 28 dekabrdan – 10 yanvargacha davom etadi, yozgi
ta’til iyul, avgust oylarida o’tadi.
-
Xitoyda kattalar uchun ta’lim mavjud. Unda e’tibor savodsizlikni tugatishga ham
qaratilgan.
-
O’zbekistonda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: