Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
- oliy ta’lim muassasalarining barcha kafedra, tarkibiy bo’lim, markazlarini markazlashgan mahalliy tarmoqqa ulash;
- oliy ta’lim muassasalarida tadbiq qilingan ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi tahlili;
- oliy ta’lim muassasalarida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashning istiqbolli rejalari;
- kelajakda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayonini qamrab olishi.
Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Dissertatsiya O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari va Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi, mavzuga oid xorij olimlaridan A.Krupnik, V.P.Leontiv hamda mahalliy olimlar, S.S.G’ulomov, D. S.Qosimova, O.Kenjaboev, A.M.Abduvoxidov, B.K.Pozilov, D.S.Tulyaganov va boshqa professor-o’qituvchilarning o’quv qo’llanma, ilmiy maqolalari, ma’ruza matnlari hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining yillik hisobotlari, O’zbekiston milliy qidiruv tizimi rasmiy veb-sayti, Respublika ilmiy – amaliy anjuman va Respublika ilmiy – texnik konferentsiyalarga taqdim etgan materiallari asosida yozilgan.
Tadqiqotda qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Tadqiqot olib borish mobaynida dissertatsiya ishi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash usullari, grafik, tahliliy, iqtisodiy matematik, qiyosiy taxlil, analiz va suntez, abstraksiyalash va boshqa uslublardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Oliy ta’lim muassasalarida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning ilmiy va amaliy masalalari nazariy jihatdan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti misolida keng tadqiq etildi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari samaradorligini oshirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijasida keltirilgan taklif va tavsiyalar oliy ta’lim muassasalari faoliyatida foydalanish imkoniyati mavjudligi bilan belgilandi. Tadqiqot materiallari Respublikamizdagi faoliyat olib borayotgan boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligi ilmiy asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalari turlari guruhlandi;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko’rsatkichlariga o’rganilib, samaradorligini oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi;
oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg’or axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo’yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, betni tashkil etadi.
I BOB. ILG’OR AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI HAMDA SAMARADORLIK. ILG’OR AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Do'stlaringiz bilan baham: |