Windows 2008 Server tarmoqlar ulash uchun server
Windows 2008 serverining ajoyib hislatlaridan biri- bu har hil tarmoqlarni birlashtira olishidir. Masalan Novell NetWare tarmog‘ini yangi Windows 2008 R2 tarmog‘i bilan birlashtirish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Bir qancha firmalar , boshqa tarmoqlar bilan ishlay olish uchun o‘z dasturlarini ishlab chiqqan. Banyan firmasi Windows operatsion tizimini Banyan VINES tarmog‘ida ishlashini qo‘llab quvatlaydi. UNIX tarmoqlariga ochiq ulanish uchun maxsus dasturlar bo‘lib, foydalanuvchi va server qismi uchun mo‘jallangan. NFS(NetworkFileSystem, Sun firmasi tomonidan taqdim etilgan kross platformali dastur hisoblanadi). TCP/IP va NFS dan tashqari UNIX tizimlari uchun umumiy standart X Window deb ataladi. Hozirgi kunda bir qancha firmalar X-serverlarni ishlab chiqarmoqda [34].
Do'stlaringiz bilan baham: |