7
balki ob’yektiv xarakterga ega deb hisoblovchi A.B.Vengerov da’vosiga qo’shilmaslikning
iloji yo’q. U o’z fikrini quyidagicha ifodalaydi: «Davlat va huquq nazariyasi davlat va
huquqning kelib chiqishi, davlat va huquq mohiyatida sinfiylik va umuminsoniylikning birga
qo’shilib kyetishi to’g’risidagi yangi bilimlar bilan boyidi. Sotsialistik davlatlarning faoliyat
yuritishi va evolyutsiyasi haqidagi yangi bilimlar paydo bo’ldi. Burjuaziya davlatlari
tushunchasi ham yangicha idrok etila boshlandi. Hozirgi zamon davlatchiligi taraqqiyotida
insonparvarlik va demokratik qadriyatlar to’g’risida ham yangi bilimlar yuzaga keldi.
Zo’ravonlik, totalitarizmga qarshi kurashda konstitutsiyaviy qonunchilikka asoslanishdek
demokratik qadriyat hamda qonunlar ustuvorligi tushunarli bo’lib qoldi. Davlatchilikni
rivojlantirishning istiqbolli va progressiv maqsadlardan biri sifatida ijtimoiy huquqiy davlat
to’g’risidagi masala yangichasiga ko’ndalang bo’ldi. Inson huquqlari va erkinliklarining
butun muammolar majmui, alohida individ, shaxs huquqlarining davlat, millat, xalq jamoa
tuzilmalari huquqlari oldidagi ustuvorligi yangicha namoyon bo’lmoqda»
2
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yuridik oliy o’quv yurtlari talabalari bugungi kunda
foydalanayotgan ko’pgina darsliklar, adabiyotlar umuman eskirganligi va endilikda jahonda
va respublikamizda ro’y bergan va berayotgan shiddatli o’zgarishlar bilan bog’liq talablarga
javob bera olmasligini isbotlab o’tirishning hojati yo’q. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Oliy Majlisning to’rtinchi sessiyasida quyidagalarni alohida ta’kidladi:
«Milliy tiklanish mafkurasiga va umumbashariy qadriyatlarni o’rganishga asoslanishi
zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni to’g’risida besh yildan beri gapiramiz.
Biroq ko’pgina o’quv yurtlarida, ayniqsa, ijtimoiy, jamiyatshunoslikka oid fanlar bo’yicha
hamon eski o’quv qo’llanmalari, o’quv dasturlaridan foydalanilmoqda.
Bunday ahvolni mustaqil mamlakatimizning bolalariga, yosh avlodiga qarshi jinoyat
deb baholash kerak»
3
.
Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, yangi
qonunlarimizga asoslangan hamda jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy va boshqa jarayonlarni hisobga oluvchi yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalari,
ma’ruza to’plamlari, uslubiy ishlanmalarni chop yetish zarurati allaqachon yetildi. Biroq,
eng muhimi - davlat va huquq umumiy nazariyasining yangi konsepsiyasi zarur. Mazkur
bo’shliqni to’ldirish - respublikamiz huquqshunos olimlarining asosiy maqsadlaridan biridir,
deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: