O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi


O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonuni



Download 330,09 Kb.
bet59/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonunida ijtimoiy xizmatlarning asosiy tamoyillari ham keltirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • inson huquqlariga rioya etish;

  • insonparvarlik;

  • erkin foydalanish;

  • profilaktik yo‘naltirilganlik;

  • aniq yo‘naltirilganlik va individual yondashuv;

  • ixtiyoriylik.

Ijtimoiy xizmatlarni integral tavsifga ko‘ra, unda iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, ma’muriy, psixologik, ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-ijtimoiy, pedagogik usullardan foydalaniladi.

Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash va hisobga olish hamda ularga ushbu xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish;

  • ijtimoiy xizmatlar oluvchilarning oila va jamiyat bilan aloqalarini saqlash, ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

  • davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash;

  • ijtimoiy xizmatlar standartlariga rioya etilishini ta’minlash;

  • ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish.

Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • moddiy yordam ko‘rsatish (pul mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, sanitariya va gigiyena vositalari, bolalarni parvarishlash uchun vositalar, kiyim, poyabzal va h.k.);

  • kundalik zarur narsalar, yonilg’i, maxsus transport vositalari, nogironlar, doimiy yoki vaqtincha statsionardan tashqarida xizmat ko‘rsatishga muhtoj shaxslarni qayta tiklash texnikaviy vositalari;

  • o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan va doimiy qarovga muhtoj fuqarolarga statsionar muassasalarda maxsus xizmat ko‘rsatish, ularning yoshi va sog‘lig‘iga ko‘ra, hayot faoliyati sharoitlarini yaratish, tibbiy, ruhiy, ijtimoiy tavsifdagi tadbirlarni o‘tkazish, ovqatlantirish, parvarishlash, shuningdek, imkoniga yarasha mehnat faoliyatini, dam olishi va bo‘sh vaqtini tashkillashtirish;

  • yetim bolalarga, ota-onasining qarovisiz qolganlarga, boqimsiz balog‘atga yetmagan va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolganlarga ixtisoslashgan muassasalarda vaqtincha boshpana berish;

  • ijtimoiy-maishiy va hayot faoliyatini ta’minlash uchun ijtimoiy-tibbiy masalalar va ijtimoiy-huquqiy himoya bo‘yicha maslahat berish;

  • nogironlar, imkoniyati cheklangan shaxslarga, balog‘atga yetmagan

huquqbuzarlarga kasbiy, ijtimoiy, ruhiy qayta tiklanishda yordam ko‘rsatish.

Aholiga ijtimoiy xizmat bepul va pulli ko‘rsatiladi. Keksa yoshdaligi, kasalligi, nogironligi, qarindoshlari yo‘qligi tufayli o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga noqobil fuqarolarga, agar shunday fuqarolarning daromadi yashash minimumidan past bo‘lsa; qiyin hayot vaziyatiga tushgan shaxslarga; ishsizlik, tabiiy ofat, halokatdan jabr ko‘rganlarga; qiyin hayot vaziyatiga tushib qolgan balog‘atga yetmagan bolalarga bepul ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi.

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyati qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi va tartibga solinadi.

Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar, shu jumladan:

  • o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar;

  • I va II guruh nogironlari, nogiron bolalar;

  • muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;

  • ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;

  • yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridir.

Bugungi kunda jamiyatda kuzatilayotgan ijtimoiy hodisalardan kelib chiqib, muhtoj aholining ijtimoiy himoyasiga ustuvor e’tibor berish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat sifat va saviyasini ko‘tarish, bu yo‘nalishda yangi uslub va mexanizmlar joriy etish maqsadida yangi ijtimoiy texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Ularga:

  • “tez ijtimoiy xizmat”ni tashkillashtirish;

  • kunduzgi ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlarini yaratish;

  • harakat vositalari, xizmat ko‘rsatish prokat punktlarini ochish.

Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tadbirlariga yangi ijtimoiy texnologiyalarni joriy qilishning asosiy maqsadi muhtoj aholining huquqlarini himoya qilish, ularga xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali muhtoj aholining o‘z-o‘zini boshqarishda mustaqilligini saqlash, ularning hayot kechirish sifatini oshirish, idora va tashkilotlarning turli xil darajalarda ijtimoiy hamkorligini kuchaytirishdir.

Umuman olganda, ijtimoiy texnologiyalarning ijrosi uch bosqichdan iborat choralarni o‘z ichiga oladi:

  • har bir ijtimoiy xizmatga muhtoj aholining holatiga individual yondashish;

  • muhtoj aholining holatiga ob’yektiv baho berish;

  • ularga sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish.

Ijtimoiy ta’minot organlarining aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri idora va muassasalar, jamoat tashkilotlari, homiylar bilan ijtimoiy g‘amkorlik qilish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda izchillik bilan faoliyat ko‘rsatishning maqsadi, birinchidan, turli xil idoralar va muassasalar, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sohadagi faolligini oshirish,

ikkinchidan, bu chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish, uchinchidan, ijtimoiy
sohaga yo‘naltirilayotgan budjet mablag‘lariga qo‘shimcha tarzda mablag‘larni
84

jalb qilish va bu orqali muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy himoya hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish choralarining ta’sirchanligini oshirishdir.

    1. Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimi

Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi organlar va tashkilotlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  • davlat boshqaruvi organlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;

  • nodavlat notijorat tashkilotlari;

  • ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari.


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish