O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


YASAMA SO'ZLARNING LEKSEMALASHUVI



Download 1,67 Mb.
bet42/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

YASAMA SO'ZLARNING LEKSEMALASHUVI
Aytilganidek, yasama so'zlar lisoniy ham, sof nutqiy ham bo'lishi mumkin. Misol sifatida quyidagi so'zlarga murojaat qilamiz. Paxtakor, ishchi, kitobchi, aqlli, daftarchi, sharsimon, uysimon. Bu so'zlami ikki guruhga bo'lamiz:
paxtakorr ishchi, aqlli, sharsimon;
kitobchi, daftarchir uysimon.
Har ikkala guruh so'zlari ham yasama so'zlar hisoblanadi. Biroq ulardan birinchisi qulayligi, odatlanilganligi, keng iste'molchiligi bilan xarakterlansa, ikkinchi guruh so'zlari unchalik qulay emasligi, kam iste'molliligi, favquloddaligi bilan birinchi guruh so'zlaridan ajralib turadi.
Demak, birinchi guruh yasama so'zlari ijtimoiy shartlanganlik xossasiga ega va shu boisdan yuqoridagi zikr etilgan belgilar ularning barchasi uchun umumiydir.
Ikkinchi guruh so'zlari esa nutqiy hodisa ekanligi, endigina so'z yasash qolipidan chiqqanligi boisf odatlanilmaganlik, favquloddalik kasb etgan,
Ko'rinadiki, nutqiy yasama so'zlarning ayrimlari nutq bosqichidagina mavjud bo'Isa, ba'zilari o'zlarini chiqargan qoliplardan uzoqlashib, bir butun holda lisoniy sathga ko'tarilib ketadi.
Hosilalarining lison va nutqqa munosabati jihatidan so'z yasash qoliplari ham farqlanadi. Biz ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so'z yasash qoliplari sifatida farqlaymiz.
Unumli so'z yasash qoliplari deganda tilimiz tarixida ham, bugungi kunda ham cheksiz yangidan — yangi so'zlar yasaydigan qoliplar tushuniladi. Masalan, [[aniq ot]+[chi]^ot anglatgan narsa predmet bilan shug'ullanuvchi kishi] qolipi hosilalarini kuzataylik. Bu qolipdan ishchi, bo'zchi, futbolchi, dasturxonchir ovchi kabi bugungi kunda lisoniylashgan, leksemalashgan hosilalar bo'lgan so'zlar ham, noschi, daftarchi, telefonchi, pomidorchi kabi lisoniylashmagan, ma'lum bir nutq jarayonidagina yasalayotgan o'tkinchi nutqiy hosilalar ham vujudga kelgan.
Unumli so'z yasash qoliplari yasalish xususiyatiga ega bo'lgan barcha so'z turkumlarida mavjud. (Bu haqda «Hozirgi o'zbek adabiy till» kursining «So'z yasalish» bo'limida batafsil ma'lumot olasiz.)
Unumsiz (tarixiy) so'z yasash qoliplari bugungi kunda hosila bermaydigan, so'z yasash uchun xizmat qilmaydigan qoliplardir. Masalan, keskin, to'lqin, bosqin, uchqun, tuyg'un so'zlari [[fe'l ]+[gin]=ot] qolipi asosida hosil qilingan. Biroq ushbu qolipdan chiqqan hosilalar rang —barang bo'lib, ulardan angtashilgan ma'nolarni qolipning tenglik belgisidan o'ng tomondagi mazmuniy____tomonidan keltirib chiqarib bo'lmaydi. Chunki bu hosilalar tarixiy yasama so'zlar bo'lib, davrlar o'tishi bilan ularning ma'noviy tabiatida ham, grammatik jihatlarida ham evolutsiya jarayoni kechgan. Chunki qolip bugungi kunda, ishlamaydigan, foydalanilmaydigan holga kelgan, ularning hosilalari esa qolipdan behad uzoqlashib, ma'nolarning ixtisoslashishi va bir — biridan uzoqlashishi yuz bergan. Natijada aslida bir qolipdan chiqqan hosilalar (yasama so'zlar) mustaqil leksemalarga aylanib, bir — birinikiga yaqin va bog'liq bo'lmagan turli —tuman ma'nolarni anglatadi. Tadqiqotchilar o'zbek tilidagi unumsiz (tarixiy) so'z yasash qoliplarining yuzga yaqin koJrinishini ajratishadi.
Nutqiy yasama so'zlarning lisoniy sathga ko'tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Ularni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko'ra quyidagicha tartiblash mumkin:
1) ixtisoslashgan leksemalar;
2) soddalashgan leksemalar;
3) tublashgan leksemalar.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish