O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi



Download 1,67 Mb.
bet26/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

FONETIK JARAYONLAR

Aytilganidek, fonema nutqda voqelanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma —yon kelgan tovushlar yoki qo'shimchalar ta'siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon boiadi. Natijada tovushlar so'z mohiyatida bo'lmagan xossalarga ega bo'ladi. Ayrim tovushlar yoridosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o'zgarishlar kuchayib, boshqa tovushlarga almashib ketadi. Nutqda sodir bo'ladigan o'zgarishlar tovushlarning kombinator — pozitsion o'zgarishlari deyiladi.


Singarmonizm. Unli va undoshlaming o'zgarishi farqlanadi. Unlilarning nutq jarayonida o'zgarishi singarmonizm deyiladi Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg'unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir.
Singarmonizmning ikki asosiy ko'rinishi mayjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik yoki qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir —biriga moslashadi. Singarmonizmning til garmoniyasi qonuniyatiga ko'ra so'zning boshida til oldi unlisi kelsa, so'z o'rtasi va oxirida ham til oldi unlisi keladi, Boshqacha aytganda, so'zning boshida undoshlaming artikulyatsion o'rniga bog'liq ravishda unli tovushda yuz bergan о 'zgarishlar so' zning keyingi bo' g 'inlaridagi unlilarda ham yuz beradi. Bu hoi so'zlarning talaffuzida artikulyatsion qulaylikka olib keladi. Masalan, qalam so'zidagi (q) undoshi chuqur til orqa undoshi bo'lqanligi boist birinchi bo'g'indagi (a) unlisi ham til orqalik xususiyatiga ega bo'ladi. Buning natijasida esa keyingi bo'g'indan (a) tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, birinchi (a) unlisi (q) undoshiga, keyingi bo 'g 'indagi (a) esa oldingi bo'g'indagi (a) unlisiga moslashadi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo'ladi. Bunda unlilar ham til oldi — til orqalik jihatidan, ham lablanganlik — lablanmaganlik jihatidan o'zaro va undoshlarga moslashadi. Bunga ko'ra, so'z boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo'lsa, so'z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So'z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo'lsa, so'z oxiridagi unli ham lablangan til orqa unlisi bo'ladi. Masalan, boshqird, sog'in, bo'g'in
so'zlaridagi kabi.
Assimilatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba'zan bir— biriga ta'sir qilib, biri ikkinchisini o'ziga moslashtiradi.Nutqdagi bunday hodisa assimilatsiya deyiladi. Assimilatsiya ikki xil bo'ladi: progressiv assimilatsiya va regressiv assimilatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o'ziga o'xshatsa, moslashtirsa, progressiv assimilatsiya yuz beradi: ket+di=ketti, ayt+di-aytti, ot+dan=ottan, yurak+ga= yurakka.
Keyingi tovush oldingi tovushga ta'sir qilib, uni o'ziga o'xshatsa, moslashtirsa, regressiv assimilatsiya yuz beradi: yigit+cha=yigichcha,
bir+bitta, uch+so'm=usso'm. j
Regrissiv assimilatsiya odatda progressiv assimilatsiyaga nisbatan nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilatsiyaning bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o'ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so'zning talaffuz texnologiyasi haqidagi tasawur ham hosil bo'lmog'i lozim.
Assimilatsiya to'liq va qisman bo'lishi mumkin.
To'liq assimilatsiyada bir tovush ikkinchi tovushga aynan moslashadi va to'lig'icha uning tusiga kiradi. Yuqorida keltirilgan so'zlarning hammasi to'liq assimilatsiyaga misol bo'ladi.
Qisman assimilatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biron tomondan qisman o'xshatadi (moslashtiradi); osh+ga —oshka, ish+ga — ishka, so'zlarida jo'nalish kelishigidagi g tovushi oldingi sh tovushining ta'sirida к tovushiga aylanmoqda. Bu so'zda qisman assimilatsiya yuzaga kelmoqda, ya'ni (g) jarangli tovushi o'zidan oldingi (sh) tovushiga faqat bir tomonlama — jarangsizlanish tomonidan o'xshamoqda, xolos, lekin to'liq uning tusiga kirgan emas. juchta] leksemasining ushta, [pochta] leksemasining poshta deb talaffuz qilinishi ham shu hodisaqa misol bo'la oladi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish