1.Soddalik. Odatda koʻpchilikda prezentatsiya va taqdimotlar qancha murakkab tilda, atamalar va maxsus iboralarga boy qilib tayyorlansa, shuncha professional darajada tayyorlangan degan taassurot qoʻldiradi degan fikr shakllangan. Lekin,Agar, tayyorlangan ma’lumotlarni eshitayotgan yoki o‘qiyotgan odam nima deyayotganingizni tushunmasa, bunday taqdimotdan koʽzlangan maqsadga erishish qiyin boʻladi. Shunday ekan fikringizni tinglovchi yoki oʻquvchiga yetkazayotganda iloji boricha qisqa va sodda jumlalar qurishga, murakkab atama va iboralardan kamroq foydalanishga harakat qiling. Albatta, siz oʽz ishingizning ustasi ekanligingizni koʻrsatgingiz keladi, lekin, bunga odamlarni zeriktirmasdan yo qiynamsdan ham erishsa boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |