O‘zbek tilida “Ma’naviyat” semali leksik birliklarning semantik tahlili


  “Ma‟naviyat” semasini chegarasi va qamrov doirasiga



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana08.08.2021
Hajmi0,8 Mb.
#141911
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
ozbek tilida manaviyat semali leksik birliklarning semantik tahlili

3. 

“Ma‟naviyat” semasini chegarasi va qamrov doirasiga 

ko„ra:

 

a.  “mintaqa”semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;  



b.  “jamiyat” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi; 

c.  “mahalla” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi; 

d.  “oila” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhi;  

e.  “shaxs” semasiga ega bo‗lgan birliklar guruhiga bo‗lgan holda tadqiq 

qildik. 


 

 

 



 

 

 



III bob. 

 O„zbek tilida “ma‟naviyat” semali birliklar o„rtasidagi 



munosabatlar 

 

1.  Sinonimik munosabatlar

 



71 

 

 



Ma‘lumki, mazmuniy maydonda so‗zlar barcha ma‘nolarning   yig‗indisi 

bilan  bir  butun  sifatida  ichki  munosabat  va  aloqalarga  kirmay,  balki  alohida 

ma‘nolari  bilan  munosabatga  kirishadi.  Ma‘noga  so‗zlarning  differensial-

mazmuniy belgilari yoki tarkibiy qismlarning to‗plami siftida   qarash mumkin. 

Yu.  N.Karaulov  har  qanday  ikki  to‗plam  bir-biri  bilan  quyidagicha 

munosabatlarda  bo‗lishini  ta‘kidlaydi:  nol  oppozitsiya,  privativ  oppozitsiya, 

ekvipolent oppozitsiya, dizyunktiv oppozitsiya.



Nol  oppozitsiya  to‗plamlar  o‗rtasidagi  teng  munosabat  bo‗lib,  bunday 

to‗plamlar  elementlari  ya‘ni  taqqoslanayotgan  so‗zlar  ma‘nolarining  asosiy 

qismlari bir xil bo‗ladi, bunday oppozitsiya zidlanish munosabatida bo‗lgan ikki 

birlik  o‗rtasidagi  sinonimik  va  sinonimik  aloqalar  bo‗ladi.  Ularning  asosiy 

qismlari o‗xshash, ular ma‘no noziklari bilan farqlanadi.  

Privativ  oppozitsiya  yoki  qat‘iy  kirishish  munosabatlari  –  bunday 

munosabatlarda  tur  va  jins  nomlari  bo‗ladi,  ba‘zan  bu  munosabatlarni 

giponimiya deb ham ataydilar. Bunda ikki holat kuzatilishi mumkin:  

-  ma‘lum  to‗plamning  nisbiyligi  (xususiyligini), ya‘ni  to‗plamning  o‗zidan 

yuqori bo‗lgan to‗plam tarkibiga kirishi ko‗rsatiladi; 

-  ma‘lum  to‗plam  tarkibida  ikkinchi  to‗lpam  (yoki  uning  birligi)  muayyan 

nom sifatida ko‗rinadi. 

Ekvipolent oppozitsiya – bunda ikki to‗plam bir-biri bilan kesishadi, ularning 

kesishida ikkala to‗plamning umumiy qismi hosil qilinadi.  

    Dizyunktiv  oppozitsiya    -  bunda  to‗plamlarning  umumiy  elementlari 

mavjud bo‗ladi. 

 

Sinonimik  munosabat  xususida  jahon  va  o‗zbek  tilshunosligida  ko‗plab 



tadqiqotlar bajarilgan va olib borilayotgan bo‗lsa-da, ushbu hodisaning mohiyati 

                                                           

1

Караулов Ю.Н Обшая и русская идеография. Москва. Наука, 1976. –с.106-108.



 


72 

 

aniq  va  to‗liq  aks  ettiradigan,  hamma  e‘tirof  etadigan  ta‘rif  mavjud  emas.



Ko‗pincha, sinonimiyani izohlashda m‘anodagi to‗liq yoki qisman aynanlik, biri 

o‗rnida  ikkinchisi  qo‗llana  olish  imkoniyatining  mavjudligi  kabilar  hisobga 

olinadi. 

 

Sinonimik  munosabat  ma‘nodoshlik  munosabati  deb  ham  yuritiladi. 



Sinonimiya  munosabati  tilda  ko‗p  uchraydigan,  universal  hodida  bo‗lishi  bilan 

birga,  u  butun  lug‗at  tarkibini  qoplaydigan  kategoriya  emas.  Ya‘ni,  lug‗at 

tarkibidagi  barcha  leksemalar  o‗z  sinonimlariga  ega  bo‗lmaydi.  Sinonim 

leksemalarda  ma‘no  aynanligi,  umumiyligi  bo‗lishi  bilan  birga,  semantik 

farqliklik  ham  mavjud  bo‗ladi.    Albatta,  sinonimlarda  semantik  umumiylik 

semantik  farqlilikdan  ustun  bo‗ladi  va  sinonimiya  ma‘no  umumiyligi  asosida 

voqe  bo‗ladi.  Semantik  farqlilik  absolyut  sinonimlarda  (leksik  dubletlarda) 

kuzatilmaydi:  affiks-qo‗shimcha,  chapak-qarsak.  Bunday  sinonimlar  boshqa 

tillardan kirgan so‗zlar hisobiga voqe bo‗ladi.  

 

Sinonimik  qatordagi  leksemalar  bir  qancha  umumiy  semalarga  ega 



bo‗lishi bilan birga, semantik jihatdan quyidagicha farqlanishlarga ega bo‗ladi: 

-konnotativ ma‘nodagi farqlilik; 

-denonativ ma‘nodagi farqlilik; 

-uslubiy farq. 

 

Bir denotatani, ya‘ni voqelikdagi aynan bir narsani nomlovchi leksemalar 



konnatativ  ma‘no  nuqtai  nazaridan  farqlanadilar.  Mazkur  holatda  sinonimlar 

aynan  bir  hodisani  nomlaydi,  lekin  ularda  ushbu  hodisaga  bo‗lan  munosabat 

farqli  bo‗ladi:  novcha,  dorg‗ul,  naynov,  daroz.  Bunday  sinonimik  qatorlarda 

atash  semalari  aynan  bo‗ladi,  ifoda  semalari  har  xil  bo‗ladi.  Demak,  bu  kabi 

sinonimik  qatorlarda  denotativ  ma‘no  va  denontativ  ma‘no  asosida  hosil 

bo‗ladigan  signifikativ  ma‘no  ham  umumiy,  aynan  bo‗ladi.  Farqlilik  esa 

konnatativ ma‘noda yuz beradi.

 

                                                           



1

 

Hakimova M. Semasiologiya. Toshkent. 2008-yil. 76-b. 



 


73 

 

 



Kulimsiramoq,  jilmaymoq,  iljaymoq,  tirjaymoq,  ishshaymoq,  irshaymoq 

sinonimik  qatoridagi  hamma  leksemalarning  denotati  bitta,  umumiydir:  ovoz 

chiqarmay  xursandchilikni  ifoda  qilish  uchun  bajariladigan  ko‗z,  lab  harakati. 

Jilmaymoq  ijobiy  konnatativ  ma‘noga,  iljaymoq,  irshaymoq,  tirjaymoq, 

ishshaymoq esa salbiy konnotativ ma‘noga ega. Salbiy konnatativ ma‘noga ega 

sinonim leksemalar ham o‗zaro salbiylikning darajasiga ko‗ra ham farqlanadi. 

 

Sinonim  leksemalar  tilning  qanday  uslubiga  xosligi,  qo‗llanish  doirasi, 



leksemaning  davra munosabatiga(yangilik, eskilik, zamonaviylik) ko‗ra o‗zaro 

farqlanadilar.  Buloq,  chashma  sinonimlaridan  buloq  oddiy  so‗zlashuv  uslubiga 

xos  bo‗lsa,  chashma  badiiy  usluba  xos.  Yoki  buyruq,  amr,  farmon 

sinonimlaridan amr eskirgan so‗z sanaladi.

1

  

 



―Ma‘naviyat‖  semali  leksik  birliklar  o‗rtasida  ham  quyidagicha 

sinonimik munosabatlar kuzatiladi:



  

1.  Faravon  hayot,  to‗kin  hayot,  osuda  hayot,  tinch  hayot,  totuv  hayot, 

bunyodkor hayot, sog‗lom hayot.    

2. Komil inson, barkamol inson. 

3. Insoniylik, odamiylik, odamgarchilik.  

4. Insonparvarlik, umuminsoniylik.  

5. Erkinlik, ozodlik, mustaqillik, hurlik,  

6. Sadoqat, vafo. 

7. Mamlakat, o‗lka, vatan, yurt, diyor, maskan, go‗sha 

8.  Huquqiy  davlat,  suveren  davlat,  erkin  davlat,  mustaqil  davlat, 

demokratik davlat. 

                                                           

1

 

Hakimova M. Semasiologiya. Toshkent. 2008-yil. 77-b. 



 


74 

 

9. Xoin, sotqin, vatanfurush 



10.  Qahramonlik,  ma‘naviy  jasorat,  Vatan  manfaati,  o‗zlikni  anglash, 

qadriyatlarga sodiqlik, umuminsoniylik, vatanparvarlik. 

 


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish