Rejalashtirilgan o‘quv natijalari:
Magistrlarda Toshkent adabiy maktabining yetakchi namoyandalari ijodiy faoliyati haqida tasavvur paydo bo‘lishi. Kamiy, Xislat ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil va tadqiq etish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Ilmiy xulosalarga kelish malakalarini egallash.
Kirish:
Adabiy-madaniy muhit ko‘proq shaharning “Ko‘kaldosh”, “Beklar begi”, “Baraqxon”, “Xo‘ja Axror” madrasalarida kechdi. Ayniqsa, dastlabki ikkitasining mavqeyi baland edi.
Muammoli vaziyat:
Nima uchun jadid shoirlari ijodida vatan mavzusi yetakchi o‘rinni egallagan?
Vazifa:
Kamiy asarlaridagi obrazlar tizimini tahlil qiling. Xislat she’riyatiga xos jihatlarni yoriting.
Maslahat:
Jadid shoirlari ijodida dolzarb masalalar, yaramas urf-odatlar tanqidi tasviri yetakchi o‘rin tutganligi sababi xalqni g‘aflatdan uyg‘otish ekanligini nazarda tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |