Fonemaning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi.
Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Bir fonemaga bir harfni to‘g‘ri keltirishga harakat qilinadi.
Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug‘at tuzishda ma’lum izchillikka amal qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi.
Muayyan tartibda joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida har bir unli fonema alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo‘lsa, undoshlarda fonemalarda ikki harf orqali ifodalash hollari uchraydi: sh, ch, ng kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |