Majnuntol va qamish
Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan.
Qamishning g’oz turib shovullashi nodonligi va mo’rtligidan... qiziq, ikkalasi ko’pincha yonma-
yon o’sadi...
Nur va soya
Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon
odamlar qayoqdan paydo bo’ladi?
Nachora nur bor ekan, soya ham bo’laveradi. Buyog’I o’zingizga bog’liq: xohlang nur bo’ling,
xohlang-soya…
Oy va quyosh
Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi. Erkak qancha
mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi…
Do'stlaringiz bilan baham: |