. Ишламаётган уч=ундан ыт олдириш свечасини кучланиш индикаторни (а) ва отвёрт ка (б) ёрдамида ани=лаш.
YUqori kuchlanishli magneto ichki yonuv dvigatellari silindrlarida ish aralashmasini alangala oladigan elektr razryad hosil qilishga xizmat qiladi. Dvigatel silindrning rezbali teshigiga burab kirgizilgan uchqundan o‘t oldirish svechasi bevosita razryad hosil qiladi. Svechaga o‘tkazgich orqali yuqori kuchlanish (kamida 12 ming V bo‘lgan) o‘tkaziladi. Bu kuchlanish teshib o‘tuvchi kuchlanish deb ataladi. Dvigatel silindrlaridagi gaz odatdagi sharoitlarda elektr toki o‘tkazgichi bo‘la olmaydi, biroq katta e.yu.k. ta’sirida zarbiy ionlanish sodir bo‘ladi va ular o‘tkazgich bo‘lib qoladi. YUqori kuchlanishni tok o‘tayotganda hosil bo‘ladigan o‘t oldirish svechasi elektrodlari orasidagi uchqun razryad ish aralashmasini alangalatuvchi (10 mingS gacha) temperatura hosil qiladi. Temperatura svechaning uchqun orasidagi katta qarshilik hisobiga hosil bo‘ladi (120-150 ming Om). Zamonaviy ichki yonuv dvigatellarida 16-24 ming V normal teshib o‘tuvchi kuchlanish hisoblanadi. Bu kuchlanish dvigatel silindrlaridagi bosim oshganda yoki o‘t oldirish svechalarida uchqun tirqish kattalashganda oshishi mumkin.
YUqori kuchlanishni magnetoga quyidagi talablar qo‘yiladi: to‘xtamay ishlash, ya’ni dvigatelning barcha ishlash rejimida (ayniqsa ishga tushirishda) yuqori kuchlanishli tok bilan ta’minlanishi; tuzilishining oddiyligi, bu texnikaviy xizmat ko‘rsatish va rostlashni osonlashtiriladi; gabarit o‘lchami va massasining kichikligi, dvigatelga tez o‘rnatish mumkinligi.
YUqori kuchlanishli magneto ikkita asbobni o‘z ichiga oladi: past kuchlanishli o‘zgaruvchan tok generatori va past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirib beruvchi kuchaytiruvchi avtotransformator. Magnit (rotor)ning aylanish yo‘nalishiga qarab o‘ngga aylanuvchi magneto yoki chapga aylanuvchi magnetoga ajraladi. Rotorning bir marta aylanib chiqishida chiqadigan uchqun soniga qarab bir uchqunli, ikki uchqunli va hokazo magnetolar bo‘ladi.
Magnit o‘tkazgichlar magnitni shunday qamrab oladiki, ular orasidagi havo oralig‘i eng kichik bo‘lsin. Magnit o‘tkazgichlarga birlamchi va ikkilamchi chulg‘amli avtotransformator o‘rnatilgan. Birlamchi chulg‘am 6 da 155-230 ta o‘ram, ikkilamchida 7-11-13 ming o‘ram bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘am uchlaridan biri avtotransformatorga ulangan, ikkinchisi uzgich qismasiga chiqarilgan. Uzgich kontaktlariga kondensator parallel ulangan. Ikkilamchi chulg‘am uchlaridan biri birlamchi chulg‘am unga, ikkinchisi uchqundan o‘t oldirish svechasi 10 ning markaziy elektrodiga ulangan. Aylanuvchi magnit va birlamchi chulg‘am past kuchlanishli generator tokini hosil qiladi.
Avtotransformator o‘zagidagi magnit aylanganda miq-dori va yo‘nalishi o‘zgaradigan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Magnit oqimining zanjiri: shimoliy qutb-havo-tirqishi magnit o‘tkazgich transformator o‘zagi ikkinchi magnit o‘tkazgich-havo-tirqishi-janubiy qutb. Magnit oqimi avtotransformator chulg‘amini kesib o‘tishi natijasida induksiyalangan e.yu.k. hosil bo‘ladi. Birlamchi chulg‘amda tok maksimal darajaga chiqqanda (taxminan 2-3 A), uzgich kontaktlari mushtcha vositasida uziladi. Birlamchi chulg‘am atrofida hosil bo‘lgan yo‘qoluvchi magnit oqimi ikkilamchi chulg‘am o‘ramini kesib o‘tadi. Bu hol uchqundan o‘t oldirish svechasiga uzatiladigan yuqori kuchlanishli tok hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ikkilamchi chulg‘amda kuchlanishning oshishi va kontaktlar orasida uchqun chiqishining kamayishi kondensatorning ishlashiga yordam beradi.
Past kuchlanishli tok zanjiri; birlamchi chulg‘am oxiri-uzgichning berk kontaktlari-korpus (massa)-birlamchi chulg‘am boshi. YUqori kuchlanishli tok zanjiri: ikkilamchi chulg‘am oxiri-uchqundan o‘t oldirish svechasining uchqun oralig‘i-korpus (massa)-birlamchi chulg‘am-ikkilamchi chulg‘amining boshi.
Magnetoni o‘chirgich 8 yordamida uzish mumkin. o‘chirgichni bosganda past kuchlanishli tok kontaktdan o‘tmay massaga “ketadi” va kattaligi o‘zgaradigan magnit oqimi hosil qilmaydi.
YUqorida aytib o‘tilganidek, uzgich kontaktlarini bir-lamchi chulg‘amdagi tok eng yuqori kattalikka erishganda uzish kerak. Kontaktlar ajralgan vaqtda magneto holatini aniqlovchi burchak abris deb ataladi. 34-rasm b, da magnitaviy abris ko‘rsatilgan bo‘lib, u ko‘pgina magnetolarda 8-10ga teng.