Osim Mirkarim-2016. p65



Download 238,85 Kb.
bet17/19
Sana31.12.2021
Hajmi238,85 Kb.
#222331
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BOOKS KITOB SEHRLI SO'Z

ENG QIMMAT SOVG‘A


Mavlono Abdusamad juda xushxat kotib va mohir naqqosh edi. U yozgan xatni kishi ko‘rib to‘ymas, uning qalami bilan ko‘chirilgan devonlarni qo‘lga

olib varaqlash kishiga zavq bag‘ishlar edi. Sahoflar katta pul to‘lab, ustoz shoirlarning devonlarini unga ko‘chirtirar va foydasiga sotar edilar. Xullas, bu kotibning bozori chaqqon edi.

Abdusamad kotibning ta’rifmi eshitgan Navoiy bir kuni uni o‘z huzuriga chaqirtirib, mavlono Jomiyning devonlarini ko‘chirib berishni taklif etdi va har misraga bir tangadan pul va’da qildi. Oradan uch oy o‘tgach, kotib Abdusamad topshi- rilgan ishni bajarib, va’da qilingan pulni olib ketdi. Shoir devonni varaqlab o‘zida yo‘q xursand bo‘ldi.

Kotib har bir so‘zni marvarid kabi satrlar ipiga mohirlik bilan tizgan edi.

Ustozini xursand qilish uchun shoir kitobni qo‘ltiqlaganicha Jomiyning uyi tomon yo‘l oldi. Mavlono odatdagidek, boshida oq do‘ppi, egnida kiftaki yaktak, mehmonxonasida bir arabiy kitobni mutolaa qilib o‘tirardi.



Navoiy eshikdan kirib salom berishi bilan kitobni xontaxta ustiga qo‘yib, o‘rnidan tur- moqchi bo‘ldi. Shogird qartayib qolgan ustozning inqillab o‘rindan turishiga yo‘l qo‘ymay, borib ko‘rishdi.

Hol-ahvol so‘rashgach, Navoiy joylashib o‘tirib olib, devonni mezbonga ikki qo‘llab uzatdi-da:

      • Har nuchuk bir ko‘zdan kechirib chiqilsa yaxshi bo‘lur erdi, – dedi. – Iltimos shulki, agar fursatlari bo‘lsa, muqobala qililsa – asl nusxasiga solishtirilsa... kotib g‘alat ko‘chirgan bo‘lsa ajab ermas.

Kitobni qo‘lga olib varaqlar ekan, mavlono Jomiyning ajin bosgan yuzi yorishib, nursizlangan ko‘zlari yiltiradi.

    • Mavlono Abdusamadni xushnavis der erdilar, aytganlaricha bor ekan. Agar tab’i xatig‘a monand bo‘lsa, muqobalag‘a hojat qolmaydur, har qalay, bir-ikki kun munda tursin, ko‘zdin kechirali, – deb suhbatga xalal yetkazmasin degan maqsadda kitobni tokchaga qo‘ydi va boshqa mavzuda so‘z ochdi...

Ertasiga kechqurun Navoiy ustozinikiga borganda uning avzoyi boshqacharoq ekanini ko‘rib hayratda qoldi. Jomiyning qoshlari chimirilgan, bir narsadan norozidek peshonasi tirishgan.

    • Mavlono Abdusamad shakl uchun mazmunni qurbon qilibdur, – dedi u, ko‘rpachaga o‘tirib yuzlariga fotiha tortganlaridan keyin. – O‘zi ni- hoyatda xushxat bo‘lsa dog‘i, ko‘p yerlarni g‘alat ko‘chiribdur. Xatosiz misra, g‘alatsiz matla yo‘q. Ba’zi yerlarda bir-ikki misrani tushirib qoldiribdur. Navoiy o‘ng‘aysiz ahvolga tushib: «Mavlono Abdusamaddin bul ishni kutmagan erdim», deb g‘o‘ldirab qo‘ydi va ustozi uzatgan kitobni varaqlab, uning kiritgan ba’zi bir tuzatishlariga ko‘zi tushdi.

    • Agar sizning muborak qalamingiz bila isloh topsa, bul kitob kamina uchun noyob bir yodgorlik bo‘lur erdi, – dedi u jilmayib.

    • Agar tilagingiz shu bo‘lsa, devonni boshdin- ayoq ko‘rib chiqib, isloh qilayin, – dedi Jomiy, eng qadrli do‘stining so‘zini yerda qoldirmay.

Download 238,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish