Hayotiy zarur qobiliyatlar:
O’zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
Tanqidiy fikrlash;
Tanlashni amalga oshirish;
Muammolarni qo’yish va hal etish;
Ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish;
Odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to’g’risida g’amho’rlik qilish.
Bu juda muxim!
Har bir bola uchun ta’lim olish sharoitini individuallashtirish;
Tanlash imkoniyatini berish, faollashtiruvchi markazlarni tashkillashtirish;
Oilaning ishtiroki.
Dasturning “Uch kiti”
Konstruktivizm-bolalar olamni shaxsan o’zlari tushungan holda konstruktsiya qiladilar yoki ko’radilar;
Ilg’or ta’lim-har bir bola rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
Rivojlantirishning o’ziga xosligini hisobga olish-har bir bola noyob va yagonadir;
“ Baxtli bolalik” qo’shig’i
Bolalarni sevamiz
Ularga o’rgatamiz
Tanqidiy fikrlashni
Muammo hal qilishni
Ota va onalarni
Ta’limga jalb etamiz
Ijodkor, loqayd emas
Bola tarbiyalaymiz
Dunyoning rivoji bu
Zo’r g’oya ixtirodir
Bilib qo’y har bir bola
Yagona va noyobdir
Menga baliq bersangiz,
Men bir kun to’q bo’laman
Menga baliq tutishni o’rgatsangiz,
Men butun umr to’q bo’laman.
Xitoy xalq hikmatli so’zi.
Bola rivojlanishiga yagona yondashuv
Bola to’laqonli shaxs sifatida
Butun dunyoda, bolaning rivojlanishiga dominant yondoshuv yagonadir. Bola yaxlitlik sifatida qaraladi, tanasi, aqli, hissiyoti va ijodkorligini inobatga olgan xolda. Shu bilan birga shaxsiy tarixi va ijtimoiy kelib chiqishi ham1.
Bu rivojlanish nazariyasi dunyoning barcha davlatlarida turli ilmiy ishlarda ko’rib chiqilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bolaning rivojlanishi va ovqatlanishidagi sifat, e’tibor berish, va albatta, o’qitish orasida bog’liqlik borligini ko’rsatdi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, 0-6/7 yosh bolalar orasidagi rivojlanishda, muhim narsalar bu:
Jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy va ruhiy baholash yoshi kattaroq bolalardan kattalarning rivojlanish fazasi turlicha bo’ladi va o’zining ritmi, bosqichlari va ko’rsatmalari bilan farq qiladi.
Zamonaviy jamiyatlarda, bolaning jismoniy, aqliy, bilishi(idrok etishi) va ijtimoiy hissiy ko’nikmalari progressiv transformatsiyalar bilan bog’liq. Transformatsiyaga qobiliyatlarning rivojlanishi, qanchalik rivojlanganligi, muloqot, o’ynash va o’rganish kiradi. Bu davr bola ota-onasi, aka-ukasi, tengdoshlari bilan muloqotga eng muhtoj davr hisoblanadi;
Bolaning rivojlanishi juda hissiyotli bo’ladi, shuning uchun ovqatlantirishda ota-onaning mehri kam bo’lsa, yoki e’tiborsizlikka yo’l qo’yilsa, bolaning rivojlanishiga zarar yetadi
Xoh ichkarida bo’lsin, xoh tashqarida bo’lsin, bolaning harakatlanishini cheklab qo’yadigan muhit bo’lmasligi kerak hamda xavfsiz bo’lishi kerak.
Minglab tamoyillar haqida gapirishimiz mumkin, lekin aynan bittasi to’g’ri degan tushuncha yo’q, chunki bola yashagan davr, sharoit, oila, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va bir qancha yana hos faktorlar mavjud.
Ilk davrlardagi aralashuv bolaning aqliy va jismoniy faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etadi.
Xulosa shundan iboratki, biz, ilm fan, bolaning dastlabki olti yoshi uning keyingi rivojlanishi uchun juda muhim davr ekanligiga qo’shilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |