Quyidagi sanalarda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida ma’ulmot bera oladi.
1918 – 1924-yillarda an’anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni boshdan kechirdi.
1919-yil 4-may xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar.
1919-yil 28 iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.
1919 yi 31 iyul kuni Veymar shahrida konstitutsiya qabul qilindi.
1920-yili Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.
1921-yilda Sun Yatsen Xitoy respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi.
1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6 fevralgacha to‘qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
1922-yil-oktyabrga kelib M.Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi.
1923-yil 29-oktyabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi.
1926-yilda general Chan Kayshi boshchiligidagi gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi.
1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan «Qullik haqida» konvensiya qabul qilindi.
1927-yilda Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi.
1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi.
1929-yil-yanvarda Respublikachilar partiyasidan G.Guver AQShning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
1929-yil-yanvarda Respublikachilar partiyasidan G.Guver AQShning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
1933-yilda Sovet Ittifoqini– AQSh tan olindi.
1931 – 1932-yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi.
1933-yilda ispan falangasi tashkil qilindi.
1933-yilda prezident F.Ruzvelt o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e'lon qildi.
1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan so‘ng A.Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‘lib oldi.
1935-yilda Eronda chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1938-yili Myunxen kelishuvining imzolandi.
1940-yil 14 iyun kuni nemis qo‘shinlari Parijga kirib keldi.
1940-yil-sentyabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzolandi.
1942-yil Chikagoda E.Fermi ilk atom reaktorini yaratdi.
1945-yil 2-sentyabr kuni Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi paktni imzolanishi bilan ikkinchi jahon urushi tugadi.
1946-yilda Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1949-yil-yanvarda O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYoK) tuzildi.
1949-yil-aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar.
1951-yili o‘tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozondi. U.Cherchill yana bosh vazir lavozimini egalladi.
1952-yilgi AQShda prezident saylovlarida respublikachilar partiyasidan nomzod D.Eyzenxauer g‘olib chiqdi.
1955-yili SSSR va Sharqiy yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.
1957-yili yevropa iqtisodiy hamkorligini (yeIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi.
1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi.
1958-yilda Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi.
1968-yil Memfisda-martin Lyuter King o‘ldirildi.
1970-yilda Fransiyada sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi.
1970-yillardan Janubiy Koreyada og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, ximiya sanoati rivojlantirildi.
1980-yillarga kelib Italiyada koalitsion hukumat shakllandi.
1981-yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi.
1989-yil-mayda Pekinda favqulodda holat e'lon qilindi.
1990-yili M.Tetcher konservatorlar partiyasi yetakchisi va bosh vazir lavozimlaridan iste'foga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |