Birinchi tibbiy yordam: jang maydonida o’ziga va o’zaro yordam berish tartibida mushaklar ichiga shprist-tyubik yordamida promedol yuboriladi va yaraga aseptik bog’lam qo’yiladi. Tashqariga chiqib ketgan ichki organlarni qorin ichiga qaytib solib qo’yilmaydi, chunki buni mushaklarning zo’riqqanligi hamda qorin ichidagi bosimning yuqorilab ketganligi tufayli deyarli qilib bo’lmaydi. Ichiga solib qo’yish urinishlari organlarning qo’shimcha ravishda ifloslanishi, shikastlanishi va shokning chuqurlashuviga olib keladi. Tashqariga chiqib ketgan organlarni qorin devoriga bintda bog’lab qo’yiladi. Jang maydonidan zambilga yotqizib olib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |