O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Erkin bozorda narxning shakllanishi



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

9.3. Erkin bozorda narxning shakllanishi
Iqtisodiyot nazariyasi fani narxni iqtisodiy toifa sifatida
o‘rganib, uni bozor qonun-qoidalari, turli omillar va g‘oyat murak-
kab iqtisodiy munosabatlar ta’sirida kelib chiqishini ko‘rsatadi.
Bozor qonun-qoidalari talab va taklif qonunining hamda raqobat
kurashining ta’siri ostida kelib chiqsa, turli omillar esa bu, eng
avvalo, tovarning qiymati, uning nafliligi kabilardan iborat deb
asoslab beradi.
Ma’lumki, tovarning bir-biriga bog‘liq ikki xususiyatga, birin-
chidan, qiymatga, ya’ni ma’lum mehnat natijasiga, ikkinchidan,
iste’mol qiymati ma’lum bir naflilik xususiyatiga egadir. Òovarning
mana shu ikki xil xususiyati va narx mazmunini aniqlashda turli
iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha yondashuvlar bor. Jumladan,
klassik iqtisod maktabi vakillari narxning asosini qiymat tashkil
qiladi deyishsa, hozirgi davrda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan


176
«Ekonomiks» darsligining mualliflari P. Samuelson, Makkonnell
va S. Bryularning fikriga ko‘ra, tovar narxining asosini uning nafliligi
tashkil etadi, deb ko‘rsatadilar. Yana bir guruh olimlar esa narx
talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri
o‘zlaricha turli dalillar bilan o‘z fikrlarini asoslashga harakat qilishadi.
Narxning shakllanishidagi dastlabki asos — bu qiymatdir. Qiymatni
mehnat yaratadi. Ammo har qanday mehnat qiymat yaratavermaydi.
Kishilarning ma’lum talabini qondiradigan kerakli tovarlarni yaratish
uchun zarur bo‘lgan, bir me’yorda sarflangan mehnatgina qiymat
yaratadi. Insonning ehtiyojini qondira olmaydigan, foydali bo‘lmagan
mehnatni kishilar tan olishmaydi va u mehnat qiymatni yaratmagan
holda narxga asos bo‘la olmaydi. Ma’lum bir tovarlar birligiga qilingan
mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat
sarfi sifatida to‘la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi
esa umuman tan olinmasligi ham mumkin.
Ijtimoiy zaruriy mehnat deganda ma’lum bir xil sharoitda ishlab
chiqarish omillari bilan o‘rtacha darajada ta’minlangan, o‘rtacha
mehnat unumdorligi va jadalligi darajasida sarflangan mehnat
tushuniladi. Xuddi shunday mehnat tovarning qiymatini yaratadi.
Òovar qiymatining esa o‘z mezoni yoki miqdori bo‘lib, bu miqdor
tovarlar almashinuvining asosini tashkil etadi. Biroq, tovar qiymati-
ning miqdori ilmiy-texnika taraqqiyoti, odamlar bilimi va mahorati-
ning ortib borishi, o‘zaro hamkorlik, faoliyatlar integratsiyasi natija-
sida o‘zgarib boradi.
Har qanday tovarda ikki xil mehnat gavdalanadi: birinchisi,
avvalgi qilingan mehnat, ayrim iqtisodchilar uni «o‘lik mehnat»,
«buyumlashgan mehnat» deb ham atashadilar va u ishlab chiqarish
qurol-vositalari; binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar,
texnologiya, xomashyo, yoqilg‘i, yordamchi materiallar va shu
kabilar sarfidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari qiymati
qancha past bo‘lsa, tovarning qiymati ham shunga mutanosib
ravishda pastroq bo‘ladi va aksincha, ikkinchisi, jonli mehnat, ish
kuchi sarfi, ishchi va xodimlarning mehnat sarfi bo‘lib, u ish
kunlari, ish soatlari yoki ishchi tomonidan yaratilgan mahsulot
miqdori hisobi kabi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har ikki shakldagi mehnatning
pul ko‘rinishida narxi bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tovarda gavda-
langan ijtimoiy zaruriy mehnat tovar qiymatini yaratadi va u pulda
o‘z ifodasini topadi. Òovar qiymatining puldagi ifodasiga tovarning
narxi deyiladi. Biroq tovar narxi shunchaki iqtisodiy toifa emas,


177
ayni chog‘da u ijtimoiy toifa hamdir. Buning ma’nosi shuki, tovar
qiymati bozorda, bir tovar ikkinchisi bilan taqqoslanganda bilinadi,
ya’ni tovar taklifi va tovar talabi bilan bog‘liq aniqlanadi. Òovar
bahosining shakllanishiga uning qiymati bilan birga tovarga bo‘lgan
talab va taklif ta’sir etadi. Òovarning iste’mol qiymati, ya’ni naflilik
darajasi yuqori bo‘lganida tovar narxi yuqori bo‘ladi. Bozordagi
mavjud narxlarga undagi qiymat to‘la asos bo‘ladi deb qarash
ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki unga mehnat, ya’ni qiymatdan
tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zgarib
turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi
tebranib, uning qiymatidan ancha yuqori yoki past bo‘lishi
mumkin. Bunday holat, ko‘pincha, raqobat kurashi ta’siri ostida
kelib chiqadi. Bundan tashqari, xaridor u yoki bu tovarni sotib
olishda nafaqat uning qancha turishini, balki shu tovarning iste’mol
xususiyatlari o‘z ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, uning
nafliligini ham hisobga oladi. Bu holatda ma’lum tovar uning
qiymatidan past yoki yuqori bo‘lgan narxda sotilishi mumkin.
Òovarlar qiymati ularning nafliligi bilan bog‘liq holda bozor narxida
o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda tovarlar «iste’mol qiymatlari» deyiladi.
Bu bilan tovarning iste’molga yaroqli ne’mat ekanligi, uning naflilik
xususiyati nazarda tutiladi. Òovarning iqtisodiy nafliligi tushunchasi
tovarlarning bozordagi talabni qondirish darajasi bilan bog‘liq kelib
chiqadi va u ishlab chiqarishning ko‘payishi to‘g‘ri nisbatda bo‘lmaydi,
zero ne’matlarning miqdoran ko‘payishi ularning qadr-qimmati
pasayishiga, «iqtisodiy qadrsizlanish»iga, ya’ni kamroq nafliroq
bo‘lishiga olib keladi. Òovarning naflilik darajasi uning miqdoran
qanchalik darajada bo‘lishi bilan belgilanadi. Umuman olganda,
tovarning nafliligi bilan unga ketgan xarajatlar o‘rtasida ma’lum
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ayrim tovarlarning ko‘p ishlab chiqarilishi
uning iqtisodiy nafliligini pasaytiradi va xarajatlar o‘sishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, narx shakllanishi-
ning muhim omili — bu bozordagi talab va taklifning nisbatidir.
Agar talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, narx oshadi, agar taklif talabdan
ko‘p bo‘lsa, narx pasayishi sodir bo‘ladi. Xuddi shu jarayon tufayli
talab narxni oshirgan vaqtda unga javoban taklif ko‘payadi, chunki
yuqori narx sharoitida foydani ko‘p olish uchun ayrim ishlab
chiqaruvchilar tovar ishlab chiqarishni ko‘paytiradilar. Shu bilan
bir qatorda taklif me’yoridan ortib ketsa, narx qaytadan pasayib,
tovarni ishlab chiqarish kam foydali yoki zararli bo‘lib qoladi.


178

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish