O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi m. Yo‘ldoshev, SÍ. Mamatqulov, F. Yo‘ldoshev iqtisodiyot nazariyasi


 Mukammal raqobat va uning afzalliklari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/172
Sana07.07.2022
Hajmi1,85 Mb.
#754965
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

8.5. Mukammal raqobat va uning afzalliklari
Bozor tizimida raqobatning, asosan, ikki turi mavjud bo‘lib,
ular mukammal va nomukammal raqobat deyiladi. Mukammal
raqobat iqtisodiy adabiyotlarda sof raqobat ham deb aytiladi.


166
Mukammal raqobat sharoitida bozorda barcha qatnashadi. Chunki
bozor erkin munosabat bo‘lishini talab qiladi. Bozorda sotuvchilar
va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ulardan hech biri monopol mavqega
ega bo‘lmaydi, zo‘ravonlik va majburlash yo‘li bilan o‘z izmini
yurgiza olmaydi, shuning uchun ham bunday bozor mukammal
yoki sof raqobatli bozor deb aytiladi. Ko‘p sonli tovar ishlab
chiqaruvchi korxonalar sof, erkin raqobat sharoitida, asosan, o‘z
mahsulotlari narxi, sifati orqali bozorda raqobat qiladilar. Erkin
raqobat sharoitida har qanday yangi korxonalar tarmoq bozoriga
erkin kirishi va tarmoqdan erkin chiqib ketishi ham mumkin.
Nomukammal raqobat deganda, odatda, bozorda raqobat
cheklangan holda namoyon bo‘lishi tushuniladi, chunki unda ayrim
monopoliyalar erkin, sof raqobat bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda
bozorga tovarlarning katta qismini ko‘pchilik bo‘lmagan, ayrim
monopollashgan firmalar taklif etadi, xaridorlar esa shu cheklangan
sharoitda ularning tovarlarini olishga majbur bo‘ladilar. Nomukam-
mal raqobatning quyidagi ko‘rinishlari bor. Biz ularning ayrimlariga
to‘xtalib o‘tamiz:
a) monopolistik raqobat — bu muayyan bir tarmoqda bitta
firma yoki yirik korxona bo‘lib, u bozorni to‘la egallagan holda
hukmronlik qiladi. Shu sababli, mahsulot (xizmat) narxini firma-
ning taklif hajmidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Bu monopol
korxonalar boshqa korxonalarning tarmoqqa kirishi uchun turli
to‘siqlar qo‘yishga harakat qiladi va bu to‘siqlar yangi raqobat-
chilarning tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Òo‘siqlar har xil
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ular quyidagicha:
1) moliyaviy to‘siqlar — hozirgi zamonaviy korxonalar yirik
ishlab chiqaruvchilar bo‘lib, yangi texnika-texnologiyaga asoslan-
gan, ishlab chiqarish miqyosi juda katta kapital talab qiladigan
bo‘lgani uchun bu tarmoqqa kirishga boshqalarning qurbi
yetmasligi mumkin;
2) qonuniy to‘siqlar — hozirgi vaqtda dunyoning barcha mam-
lakatlarida monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilinganligiga
qaramay, ayrim monopoliyalar davlat tomonidan litsenziya berish-
ning cheklanishiga harakat qiladilar. Bu tarmoqqa kirish uchun
qonuniy to‘siqlar yaratish hisoblanadi;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkchilik monopoliya-
lar uchun boshqalarning ular tarmog‘iga kira olmasliklariga
samarali to‘siq yaratish imkonini beradi, chunki ayrim xomashyo
turlariga xususiy mulk sifatida egalik qilishadi.


167
Yuqorida aytib o‘tilgan nohalol raqobat yo‘li bilan ayrim
firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka
shafqatsiz harakat qiladilar;
b) oligopolistik raqobatning eng muhim belgisi — bu bir tarmoqda
ozchilikni tashkil etuvchi bir guruh firmalarning hukmronlik
qilishidir. Òovarlar va xizmatlar bozorida bir guruh kam sonli firma
yoki korxonalar hukmronlik qilsa, ular oligopoliya deb aytiladi.
Oligopoliya korxonalari bir xil yoki tabaqalashgan har xil
mahsulotlar ishlab chiqarishlari ham mumkin. Hozirgi vaqtda jahon-
da oligopolistik korxonalar ko‘proq tabiiy boyliklarni qazib olish
va og‘ir sanoatda uchraydi. Ularning mahsulotlari: neft, gaz, oltin,
temir, po‘lat, alumin, qo‘rg‘oshin kabilarni qazib olish, gazni, neftni
qayta ishlash, metallurgiya sanoatlari va shu kabilardan iborat.
Oligopolistik korxonalar hukmronligi sharoitida raqobat o‘ziga
xos ravishda, ya’ni o‘zaro kelishuvchanlik asosida olib boriladi.
Ayniqsa, baho siyosati bo‘yicha hech qaysi korxona mustaqil bo‘l-
maydi. Ular o‘zaro yashirincha kelishuv asosida ish olib boradilar,
jumladan, bozorni bo‘lish yoki taqsimlash va boshqacha yo‘llar bilan
o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish
ham bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. Ulardan biri kartel bitimidir.
Kartel bitimiga kirgan korxonalar, firmalar ishlab chiqarish hajmi,
mahsulotlarning narxlari va boshqa muhim masalalarda kelishib
oladilar. Bunga misol qilib OPEK va shunga o‘xshash bir qator
tashkilotlarni keltirish mumkin. Ular kelishilgan narxni ushlab turish
uchun, hatto, ishlab chiqarish hajmini ham kengaytirib yoki
kamaytirib, tartibga solib turishadi. Narxlarni belgilashdagi o‘zaro
yashirincha kelishuv norasmiy vosita hisoblanib, bunga jahon
hamjamiyati tanqidiy qaraydi. Bunday tarmoqqa kiruvchi barcha
firmalar uchun narxni o‘zgartirish majburiy hisoblanadi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish