5.2. Òadbirkorlikka xos xususiyatlar
Yuqorida keltirib o‘tilgan nazariy asoslarga ko‘ra tadbirkorlik-
ning birinchi asosiy xususiyati, bu — uning xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida mustaqilligi va erkinligining davlat tomonidan
huquqiy jihatdan kafolatlanganligidir. Bu esa unga, eng avvalo,
tadbirkorlik faoliyat turini tanlash, uni moliyalashtirish manbalarini
topish, resurslarni sotib olish, o‘z mahsulotiga narx belgilash,
topgan daromadini mustaqil tasarruf qilish kabi erkinliklarni beradi.
Bu erkinliklar esa tadbirkorga bozorning asosiy qoidasi bo‘lgan,
ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va kim uchun ishlab
chiqarish kabi masalalarni o‘zi hal qilish imkonini beradi.
Òadbirkor faoliyati faqat bozor, undagi talab va taklifga hamda
o‘z tovariga to‘g‘ri narx belgilay olishi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
Òadbirkorlikning ikkinchi muhim xususiyati faoliyati doimo
tavakkalchilik xatari bilan bog‘liq ekanligi bilan belgilanadi. Chunki
o‘z faoliyati natijasining hisob-kitobi nihoyatda aniq va to‘g‘ri
bo‘lishiga qaramay, amalda mo‘ljallangan natijaga erisha olmasligi
ham mumkin.
Òadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning foydani ko‘proq olishga
intilishidir. Shuning uchun tadbirkor o‘z faoliyatidagi turli muammo
va masalalarni yechishda o‘ziga xos kutilmagan innovatsion
yondashuvi, original yechimlar topishi, yangi-yangi yo‘llarni qidiri-
shi, tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi. Chunki bozor xo‘jaligining
asosini iqtisodiy faol subyektlar — tadbirkorlar tashkil etar ekan,
ular o‘zlarining tabiiy qobiliyatlarini namoyon etishga harakat
qilishlari, imkon qidirishlari va o‘z maqsadiga erishishlari zarurdir.
Bozor iqtisodiyoti tizimida tadbirkorlar sinfi erkin bozor
munosabatlarining tayanchi, demokratik davlat, fuqarolik jamiyat-
dagi o‘rta tabaqa, iqtisodiy faol, harakat qiluvchi qatlam hisob-
lanadi. Shuning uchun ular jamiyatdagi ikki qutb: boylar va kam-
bag‘allar hisobidan ortib boradi.
Òadbirkorlik, bu faqatgina biron ish, iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanish emas, u insonning o‘ziga xos xususiyatlari, fikrlashi,
dunyoqarashi, shaxsning tabiiy qobiliyati kabi xislatlarining
85
namoyon bo‘lishidir. Òadbirkor bo‘lish, bu uzoqni ko‘ra bilish,
tavakkal qilishni bilish, noaniqlikdan qo‘rqmaslik, g‘alabaga
ishonch bilan intilishdir. Uning mana shu o‘ziga xos xususiyatlari,
fidokorona mehnatlari va shu mehnatining iqtisodiy samarasi
uning tadbirkor kishi ekanligini bildiradi. Shu bilan tadbirkorlik
iqtisodiy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Òadbirkorlik to‘g‘risida»gi
Qonunida tadbirkorlikka shunday ta’rif berilgan: «Òadbirkorlik
mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida, tavakkalchilik
va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida
tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir». Ushbu Qonun
mamlakatimizda tadbirkorlikning huquqiy asosini tashkil etadi.
Òadbirkorlik quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
1. Mulk egasi bo‘ladi va o‘z mulki asosida yoki o‘zga mulkni
ijaraga olib faoliyat yuritadi.
2. Foyda olish, ya’ni manfaat ko‘rish va natijada boylik,
farovonlikka erishish.
3. Iqtisodiy erkinlik, ya’ni tadbirkor bozorning asosiy qoidasiga
ko‘ra nimani, qancha, qanday ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni
kimga, qachon va qanday bahoda sotishni, kimlar bilan aloqa
qilishni, o‘ziga sherik topishni, qanday iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishni o‘zi belgilaydi.
4. Iqtisodiy mas’uliyat, ya’ni javobgarlikni tadbirkor o‘z
zimmasiga olib, ko‘rgan foyda-zarariga o‘zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik asosida ish yuritadi, har qanday
iqtisodiy xavf-xatarni o‘z zimmasiga olib ishlaydi.
6. Bozor va davlat qonun-qoidalariga rioya qiladi.
7. Raqobat kurashida qatnashish, ya’ni doimo raqobatbardosh
tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish orqaligina foyda
olishga erishadi.
8. Òadbirkorlik sirini saqlash qoidalariga rioya etadi. Bu o‘z
ish sirini, yangi texnologiya, yangi tovar yaratish, xaridor topish,
narx belgilash kabilardan iborat.
9. Halollik bilan ish yuritish, ya’ni halol yo‘l bilan daromad
topishga asoslanishi zarur. G‘irrom va aldamchilik bilan ish yuri-
tishga yo‘l qo‘yilmaydi. Òadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan
tovarlar iste’molchilarning tovar sifatiga bo‘lgan talabini qondirishi,
tovar sifatini kafolatlashi shart. Iste’molchi doimo haq degan
86
tamoyilga rioya qilinishini davlat nazorat qiladi. «Davlat iste’-
molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi-yu, undan foydalanish
chog‘idagi huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini
kafolatlaydi» (O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunidan).
10. Òadbirkorning o‘z nufuziga ega bo‘lishi, ya’ni xalq orasida
obro‘-e’tiborli bo‘lishga intilishi. Òadbirkor o‘z sha’ni va korxonasi
obro‘-e’tiborini tushirmasdan, uni ko‘tarishga harakat qilishi kerak.
11. Xo‘jalikning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili joriy etilishi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, davlat tadbirkor-
likni qo‘llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiladi
va ular mulkining daxlsizligini ta’minlaydi. Davlat tadbirkorlar
ishiga aralashmaydi, balki ularga ko‘maklashadi, qonunlar orqali
tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |