ning tashqi qiyshiq muskuli ostida joylashgan bo'lib, yonbosh suyagining
qirrasidan, chov boylamining tashqi 2/3 qismidan va ko'krak-bel fassiyasidan
boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va XII, XI, X qovurg'alarga yopishadi.
Muskul tolalarining pastki tutamlari qorin to 'g 'ri muskuli chetiga yaqin-
lashganda serbar pay (aponevroz)ga aylanadi va ikki varaqqa bo'linadi.
Aponevrozning oldingi varag'i qorin to 'g 'ri muskulining old tomonidan,
orqa varag'i esa muskulning orqa tomonidan o'tib, muskulning medial
qirrasiga borganda qo'shilib, yana bitta aponevrozga aylanadi va qorin
ning oq chizig'ini hosil qilishda qatnashadi.
Q o r i n n i n g k o ' n d a l a n g m u s k u l i muskul tolalari ko 'n da
lang yo'nalib, pastki oltita qovurg'aning ichkari yuzasidan, ko'krak-bel
fassiyasining chuqur varag'idan, yonbosh suyagining qirrasidan boshla
nib, qorin devorining old qismiga borganda muskul tolalari serbar payga
aylanadi va qorin to 'g 'ri muskulining orqa tomonidan o'tib, qarama-
qarshi joylashgan shu nomli aponevroz bilan tutashadi hamda qorinning
oq chizig'ini hosil qilishda qatnashadi.
Qorin ko'ndalang muskulini ichkari tomondan qorinning ko'ndalang
fassiyasi qoplab turadi.
Q o r i n n i n g t o ' g ' r i m u s к u 1 i qorin devorining oldingi qismi
da joylashgan. Pastki V, VI va VII qovurg'alarning tog'ay qismi ichki
yuzasidan va to 'sh suyagining xanjarsimon o'sig 'id an boshlanib, qov
suyagiga kelib yopishadi. Muskul tolalarining uch-to'rt yerida pay bel-
bog'lari uchraydi. Bu belbog'lar muskul tolalarining mustahkam bo'lishini
ta’minlaydi.
P i r a m i d a s i m o n m u s k u l qov birlashmasidan boshlanib, qorin
ning oq chizig'iga yopishadi.
B e l n i n g k v a d r a t s i m o n m u s k u l i qorin bo'shlig'ining orqa
sohasida joylashgan bo'lib, yonbosh suyagining qirrasidan boshlanadi va bel
umurtqalarining ko'ndalang o'siqlariga tepadan XII qovurg'aga yopishadi.
Q o r i n d e v o r i n i n g f a s s i y a l a r i . Odam organizmining boshqa
sohalari singari yuza, xususiy va chuqur joylashgan fassiyalari tafovut
qilinadi. Yuza yoki teri osti fassiyasi teri osti yog' qavatida joylashgan.
Qorin devorining xususiy fassiyasi uch varaqdan iborat bo'lib, qorinning
tashqi qiyshiq muskuli, qorinning ichki qiyshiq muskuli va qorinning
ko'ndalang muskulini tashqi tomondan o'rab turadi. Qorin devorini ichki
tomondan o'rab turgan fassiya joylashgan sohasiga qarab turlicha nom
bilan ataladi. Jumladan, diafragma o'rab turgan qorin fassiyasi
Download
Do'stlaringiz bilan baham: