O'rta-m axsus kasb-hunar ta’limi markazi


s u y a k la ri o ra liq p ardasi


bet47/298
Sana20.04.2023
Hajmi
#930619
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   298
Bog'liq
Ахмедов-Н.-Normal-anatomiya-va-fiziologiya

s u y a k la ri o ra liq p ardasi; 
8 -
kichik boldir; 9 - k ic h ik boldir
suyagi boshi boylam i; / 0 - s o n
ikki b o sh li m u sk u lin in g payi;
/ / - m e n i s k ;
12 -
kichik boldir
yonlam a boylam i.
labi bor. Bo‘g ‘im xaltasi erkin joylashgan 
bo'lib, son suyagi boshining harakat qili- 
shiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son b o 'g 'i­
mi quyidagi boylam lar bilan mustah- 
kamlanadi: 1) yonbosh-son boylam i— 
bo'g'imning eng baquvvat va katta boylami. 
U bo'g'imning old tomonida yonbosh su­
yagining pastki o 's ig 'id a n boshlanib, 
ko'stlararo chiziqqa kelib yopishadi va 
odamning tik turishida muhim rol o'ynay­
di; 2) quymich-son boylami orqa tomon­
dan, quymich suyagining bo'g'im iga yaqin 
joylashib, bo'g'im xaltasiga chatishib kat­
ta ko'stga borib yopishadi; 3) qov-son 
boylami medial (ichkari) tomondan, qov 
suyagining ustki shoxidan boshlanib, ki­
chik ko'stga yopishadi. Chanoq-son b o 'g 'i­
mi garchand yong'oqsimon bo'g'im lar tur­
kumiga kirsa ham, yuqorida keltirilgan 
uchta boylam bo'g'imining bemalol erkin 
harakat qilishiga imkon bermaydi. Bular­
dan tashqari, bo'g'im ichidagi boylam quy­
mich chuqurchasidan boshlanib, son suya­
gining boshidagi chuqurchaga kelib yopi­
shadi va son suyagining mustahkam ushla- 
nib turishiga yordam beradi. Chanoq-son 
b o 'g 'im i atrofidagi muskullar b o 'g 'im
harakatida boylamlaming unchalik tarang- 
lanmasligiga imkon beradi. Bo'g'im yon­
g'oqsimon shaklda bo'lib, frontal o'qida ta­
naga yaqinlashishi va uzoqlashishi, tik o'qi 
bo'ylab tashqari hamda ichkariga aylanishi 
va doira shaklida harakat qilishi mumkin.
Tizza bo‘g‘imi
Tizza bo'g'imi (46-rasm) uchta suyak 
(son suyagi, katta boldir suyagi va tizza 
qopqog'i suyagi) orasida hosil bo'ladi, ya’ni 
son suyagining ichki va tashqi do'nglari- 
dan bo'rtib chiqqan bo'g'im yuzalari katta 
boldir suyagi ichki va tashqi do'nglarining 
botiqroq bo'g'im yuzalari bilan birlashadi.


Old tomonda esa tizza qopqog'ining orqa bo‘g ‘im yuzasi son suyagining 
do'ng oraliq bo'g'im yuzasiga tegib turadi. Tizza bo'g'imini hosil qilish­
da ishtirok etgan son va katta boldir suyaklari bo'g'im yuzalarining o'zaro 
mos bo'lmagan qismini yarim oy shaklidagi tog'ay plastinka (menisk)lar 
to'ldiradi. Menisklarning tashqi chetlari qalin bo'lib, bo'g'im xaltasiga 
yopishib tursa, ichki chetlari yupqa va erkin bo'ladi. O 'ng va chap to­
mondagi menisklar old tomondan ko'ndalang boylam bilan tutashsa, tizza 
bo'g'im i xaltaning ichida va tashqarisida joylashgan boylamlar bilan mus- 
tahkamlanadi.
Tizza bo'g'im i ichida ko'ndalang boylamdan tashqari, old va orqada 
kesishgan boylamlar bo'ladi. Bo'g'im tashqarisida esa suyaklarning ikki 
yonboshida joylashgan yonlama boylamlar bilan suyaklar o'zaro mustah- 
kamlanadi. Old tomondan sonning to'rt boshli muskul payi tizza qopqog'iga 
yopishib, uning xususiy boylami sifatida davom etadi va katta boldir 
suyagining do'ngiga yopishadi.
Bo'g'im xaltasining ichki (sinovial) qavati bir necha burmalarni hosil 
qiladi. Shulardan kattasi tizza qopqog'i sinovial xaltasi bo'lib, to'rt boshli 
muskulning payi bilan son suyagi distal qismining old yuzasi o'rtasida 
joylashgan. Tizza bo'g'im i g'altaksimon bo'g'im bo'lib, bunda bukilish 
va yozilish, ichkari va tashqariga chegaralangan burilish ro'y beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish