qismida oval shaklidagi chuqurcha bo'lib, embrionda chuqurcha o'rnida
teshik bo'ladi. Bu teshik orqali bola tug'ilguncha bo'lgan davrda o'ng
bo'lmachadan chap bo'lmachaga qon o'tib turadi. Odatda, bola tug'ilgandan
keyin ovalsimon
teshik bekilib, o'm ida ovalsimon chuqurcha qoladi. Ba’zan
ovalsimon teshik umrbod saqlanib qolishi ham mumkin. O 'ng bo'lm acha
pastki tomonda o 'n g qorincha bilan uch tavaqali klapanli teshik orqali
qo'shilib turadi.
Chap bo'lmachaning ichki yuzasi o 'n g bo'lmachaning ichki yuzasiga
o'xshash silliq tuzilgan.
Chap bo'lm achaga to'rtta o'pka venasi quyiladi. Qon chap bo'lm a
chadan chap qorinchaga ular oralig'ida joylashgan ikki tavaqali klapani
bor teshik orqali
quyilib turadi. Odatda, o 'ng va chap o'pkaning har
biridagi ikkitadan, jam i to'rtta vena tomirlari o'pkada tozalangan qonni
yonma-yon joylashgan chap bo'lmachaga quyadi.
O 'ng qorincha devorining qalinligi 5— 8 mm bo'lib, qorinchaning
ichki yuzasida muskul tutamlari
parallel holatda yotmay, bir-biri bilan
kesishib, murakkab muskul chigali — et o'sim talarini va muayyan joy-
larda qorincha bo'shlig'iga chiqib turadigan uchta konussimon o'siqlar
— so'rg'ichsim on muskullami hosil qiladi. Qorinchalaming bir-biridan
ajratib turadigan oraliq to'sig 'i o'ng qorincha bo'shlig'iga bo'rtib kirib
joylashadi. O 'ng bo'lm acha bilan o'ng qorincha oralig'idagi teshikda uch
tavaqali (medial, oldingi va orqa tomonda joylashgan) klapanlar bo'ladi.
Bu klapanlar yurakning ichki — endokard qavatidan vujudga kelib,
tashqi
silliq yuzalari pay pardalariga o'xshaydi. Ulaming pastki erkin chekkalari
qorincha bo'shlig'iga qarab joylashgan, har birining uchiga so'rg'ichsim on
muskullardan boshlangan ingichka pay iplar yopishgan. O 'n g qorincha
ochiladigan o'pka qon tomirining teshigi og'zida uchta yarim oysimon
klapan joylashgan. Ulardan biri oldingi tomonda va qolgan ikkitasi dorzal
tomonda. Yarim oysimon klapanlar qon tomirning b o 'sh lig 'ig a qarab
(tashqaridan tikilgan cho'ntakka o'xshab) joylashgan. Qorincha diastola
(bo'shashgan) paytida qon tomirdagi qon orqaga
qaytib klapanlami qon
bilan to'ldiradi, shu bilan ularni bir-biriga yaqinlashtirib, o'pka arteriya
qon tomirini qorincha bo'shlig'idan ajratib turadi. Qon esa diastola paytida
o'pka arteriyasidan qorinchaga qaytib tusha olmaydi. Ayni vaqtda qorin
chalar diastola bo'lgan paytida bo'lm achalar sistola (siqilish) bo'lib, qon
bu teshik orqali qorinchalarga quyiladi. Qorinchalarda sistola bo'lganda
bo'lmachalarda diastola bo'ladi. Bu vaqtda uch tavaqali klapanlar bir-
Ull Igu
J
inlashib, teshikni berkitadi. Natijada, qon bo'lm achaga qayt-
masdan o'pka qon tomiriga qarab yo'naladi.
Chap qorincha b o'shlig 'i konus shaklida bo'lib, ikkita teshigi bor.
Teshikning
biri chap
bo'lmachani chap qorinchaga qo'shib turadigan
oval shaklidagi ikki tavaqali klapanli bo'lsa, ikkinchisi chap qorinchani
aorta bilan qo'shadigan uchta yarim oy klapanli. Ikki tavaqali klapanlaming
biri kichikroq bo'lib, chap tomonda orqaroqda, ikkinchisi— kattarog'i esa
o'ng tomonda oldinda joylashgan. Har ikkala klapanning b o'sh qirralari
pay ipchalar orqali oldingi va orqa tomonda joylashgan so'rg'ichsim on
ikkita muskulga birlashadi.
Aortaning uchta yarim oysimon klapani ham yurakning boshqa kla-
panlariga o'xshash tuzilgan bo'lib, chap qorinchaning
aorta teshigiga
qo'shilish chegarasida joylashadi (146-rasm).
Chap qorincha qisqarib aorta orqali organizmning barcha qismlariga
arteriya qonini yetkazib beradi. Shuning uchun bu qorincha devorining
muskul qavati o'ng qorincha devorining muskul qavatiga nisbatan (o'ng
qorincha qisqarib vena qonini faqat
o'pkaga yetkazib beradi) anchagina
qalinroq (10— 15 mm) tuzilgan.
Chap q orin ch a o 'n g qorin-
chadan o'rtada joylashgan qorin
chalar oraliq to 'sig 'i bilan ajralib
turadi.
Y urak
devori uch qavatdan
tuzilgan bo'lib, uning ichki qavati
— endokard, o 'rta (muskul) qavati
— miokard va tashqi qavati epi-
kard deyiladi.
1. Y urak d e v o rin in g ichki
qavati (endokard) bir talay elastik
tolalar, silliq muskul hujayralari
va b irik tiru v c h i to 'q im a la rd a n
tuzilgan. Endokard pardasining
ichkari (qorincha va bo 'lm ach a
bo‘shliqlari)ga qaragan sathi
endoteliy bilan qoplangan, shuning uchun
yurakning ichki yuzasi silliq bo'ladi.
Endokard bo'lm acha va qorinchalar oralig'idagi teshiklar va arteriya-
lar (aorta va o 'p k a arteriyasi)ning boshlanish joyidagi teshiklarda burma
(dublikatura) ko'rinishida yarim oy qopqoq klapanlari hosil qiladi.
2. O 'rta (muskul) qavati - miokard yurak devorining asosiy qismi
bo'lib, maxsus ko'ndalang-targ'il muskul tolalaridan tuzilgan. Bu tolalar-
ning qisqarishi natijasida yurak ishlab turadi. Yurakning muskul qavati
hamma bo'lagida ham bir xil tuzilmagan. Yurak bo'lmachalarining
muskul
qavati yurak qorinchalarining muskul qavati tuzilishidan farq qiladi. Yurak
qorinchalarining muskul tolalari yurak bo'lmachalarining muskul tolalari
bilan tutashm agan b o 'lib , alohida ikki fazada qisqaradi (yurakning
funksiyasiga qaralsin). Lekin yurakning bo'lm acha va qorincha muskul
tolalari ham ikkita fibroz halqasidan boshlangan bo'ladi.
3-
Download
Do'stlaringiz bilan baham: