Oʻrol Tansiqboyev



Download 97,32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.07.2022
Hajmi97,32 Kb.
#732413
Bog'liq
Oʻrol Tansiqboyev - Vikipediya



Oʻrol Tansiqboyev
Oʻrol Tansiqboyev
(1904.14.1 Toshkent — 1974.18.4) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi.
Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Penza rassomlik bilim yurtini tugatgan (1924), 
Oʻzbekiston
davlat sanʼat muzeyi
 qoshidagi tasviriy sanʼat studiyasida taʼlim olgan (1924— 28). T.ning
izlanishlar davri boʻlgan 20—30 yillardagi ijodi uslub, janr, mavzu rangbarangligi bilan ajralib turadi.
Dastgox. va monumental sanʼatda tarixiy, maishiy va portret janrlarida asarlar yaratdi. Gʻarbiy
Yevropa yangi sanʼati, Meksika monumental rassomlari ijodi, Oʻrta Osiyo devoriy rassomligi va
miniatyura sanʼati uslublarini oʻrgandi va shular taʼsirida ijod qildi ("Oʻzbek portreta", 1927;
"Kurash", "Karvon", 1929; "Oʻtovda", 1931 va boshqalar). 30 yillardan obʼyektni aniq tasvirlash T.
ijodining muhim belgisiga aylandi, unda manzara janri yetakchi oʻrin egalladi. T. manzaralar
tasviriga hayotiy lavha, inson faoliyatini ifodalovchi unsurlar kiritishga intildi ("Moviy manzara",
1935; "Tungi sugʻorish", 1942). Ikkinchi jahon urushi yillarida (1942) Moskva yaqinidagi jang boʻlib
oʻtgan yerlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan rassomning "Urush yoʻllarida" asarlar turkumi maydonga
keldi. Urushdan keyin qishloq hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratdi: "Togʻdagi kolxoz" (1949),
"Sholikor kolxozda", "Gʻoʻza sugʻorish" (1949), "Oʻzbekistonda bahor" (1950). Ona yurtning
umumlashma badiiy obrazini yaratish yoʻlidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qancha asarlari
yuzaga keldi ("Jonajon oʻlka", 1951; "Issiqkoʻlda oqshom", 1951; "Togʻdagi yaylov", 1953;
"Togʻda kuz", 1954 va boshqalar), ular orasida industrial manzaralar ham uchraydi ("Qayroqqum
GESi tongi", 1957 va boshqalar). "Togʻdagi qishloq", "Oqshom" (1962), "Angren — Qoʻqon yoʻli"
(1962), "Chorvoq qurilishida" (1970), "Mirzachoʻl kanali" (1971) kabi liroepik asarlarida
Oʻzbekistonning tabiati hamda inson mehnati tufayli oʻzgarib borayotgan qiyofasi oʻz aksini
topgan. "Jonajon Uzbekistan" manzaralari turkumi ("Kuz tongi", 1972; "Oqshom", 1972; "Mening
qoʻshigʻim", 1972 va boshqalar) va boshqa


T. asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻgshamlarda saqlanadi.
Rassom 1967—74 yillar yashagan uyi T. uymuzeyiga aylantirilgan (1981). Uymuzeyda ijodiy
ustaxona, mehmonxona va boshqa xonalar boʻlib, koʻplab hujjatli arxiv materiallari, rassomning
koʻrgazmalarda namoyish qilingan mashhur asarlari saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston
Davlat mukofoti laureata (1973). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan
mukofotlangan (2001).
[1]
1. 
Veymarn B.V., Ural Tansikbayev, M., 1958; Karimov H., Tabiat kuychisi, T., 1970; Taktash R. X., Ural
Tansoʻkbayev, T., 1980; Oʻrol Tansiqboyev uymuzeyi, T., 1984.
Oʻrol Tansiqboyev
Tugʻilishi
14-yanvar 1904-yil 
Toshkent
Vafoti
18-aprel 1974-yil
(70 yoshda) 
Toshkent
Fuqaroligi
Oʻzbekiston
Mukofotlari
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
Umarxon III
 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=O%CA%BBrol_Tansiqboyev&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=O
ʻ
rol_Tansiqboyev&oldid=251
1798
" dan olindi


Download 97,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish