"O'rganilayotgan mintaqa iqtisodi (xitoy iqtisodiyoti)" fanidan o'quv uslubiy majmua



Download 3,16 Mb.
bet69/150
Sana29.04.2022
Hajmi3,16 Mb.
#591259
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150
Bog'liq
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Elektroenegetika sanoati – gidrolelektrostansiyalar (suv), issiqlik va atom elektrostansiyalari orqali energiya ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatda 1940 yilardan boshlab, katta quvvatga ega bo‘lgan minglab gidro, issiqlik stansiyalari ishga tushirildi. O‘zining gidroenergetika resurslari bo‘yicha, Xitoy dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda, uning quvvati 676 mln.kvt.t.ni tashkil etadi. 92% gidroenergetik resurslar Xitoyning Janubiy-G‘arbida, Markazida va Shimoliy-Sharqida joylashgandir. Shular bilan bir qatorda, mamlakatda yangi atom energostansiyalari ham qurilib ishga tushirilmoqda.
Xitoyning Yantszi daryosiga va uning oqimlariga mamlakat gidroresurslarining 53,3% i to‘hri keladi. Undan keyin Sangpo daryosi, Nutszyan va Lantszyan daryolari turadi. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda asosan, ko‘mir va neftdan foydalanilmoqda. Issiqlik elektrostansiyalari 1950 yillardan buyon ishlab, ilgari ularning quvvati uncha katta bo‘lmagan. 1970 yillarda Pekinda birinchi 200 ming kvt.t. quvvatga ega bo‘lgan GES ishga tushirildi.
1975 yillarda Shanxay GESi (quvvati 300 ming kvt.s.), Baoshan va Yanbaoshan GES lari ishga tushirildi. Undan tashqari, mamlakatda uran konlari mavjud bo‘lib, ular asosida Guandun proqinsiyasida, Shimoliy Sharq va Sharqiy Xitoy rayonlarida atom elektrostansiyalari ishga tushirildi. Xitoyda energiya yana shamol, geotermal energiya va to‘lqinlar kelib ketishi natijasida ham ishlab chiqariladi.
Mamlakatda energiyani ishlab chiqarish tizimi mavjud bo‘lib, unda asosan, 220 va 110 ming voltlardan foydalaniladi. Shu bilan birga, 330 va 500 voltli elektruzatgichlar ham mavjuddir.
Metallurgiya - Xitoyda bronza asri, ya’ni, u 3 ming yil ilgari, temir ishlab chiqarish esa, 2,5 ming yil ilgari ishlab chiqarila boshlangandir. 1890 yilda Xanyan metallugiya zavodi ishga tushirilib, uning mahsuloti 7 mln. tonnani tashkl etgandir
Sekin-asta Xitoyda mis, volfram, qo‘rg‘oshin, simob va boshqa metallar ishlab chiqarika boshlandi. 1949 yilda Xitoy po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 26-o‘rinni (158 ming t.), 1985 yilga kelib esa u, dunyodagi 4-o‘ringa chiqib oldi.
Xitoy dengiz oldi shaharlarida :Anshan, Dalyan, Tanshan, Tyanszin, Shanxaydagi metallurgiya kombinatlari qatoriga yana ichki rayonlarda joylashgan Baotou, Tayyuan, Uxan, Chendu, Chunsin va Panchjixua shaharlarida qurilgan metallurgiya kombinatlari kelib qo‘shildi va ularning umumiy quvvati 40 mln. tonnaga yetqazildi.
Qora metallurgiya asosini Xitoydagi yiliga 1 mln. tonna ko‘mir ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 14 ta kombinat tashkil etadi.
Hozirgi kunda Xitoy, po‘latning 1000 dan ortiq sortini va prokatning 20 000 dan ortiq turini ishlab chiqarmoqda.
Xitoyda metall ishlab chiqaruvchi bir qator zavodlar ham qurilib ishga tushirildi. Bular alyuminiy ishlab chiqaruvchi zavodlar bo‘lib, ular Lyaonin, Xeylunszyan, Shandun, Xenan, Sichuan, Guychjou va Gansida joylashgandir. Mis ishlab chiqaruvchi markazlar Dayoda, Tullinda, Bayinda, Dunchunsida va Desinda tashkil etildi.
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi yirik markaz esa, Yunnan provinsiyasidagi Geszyu hisoblanadi. Szinchuan va Gansu – nikel ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi shaharlar, Szyansi esa, volfram ishlab chiqarish, Guychjou- simob ishlab chiqaruvchi markazlar ga aylandi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish