5.1.Xitoy mintaqaviy siyosatining shakllanish mohiyati
Mintaqaviy siyosat - bu umumdavlat mintaqaviy, mahalliy manfaatlarni ma’muriy, iqtisodiy, milliy, madaniy va boshqa sohalarda optimal tarzda mutanosibligini ta’minlovchi chora – tadbirlar majmuasidir. Mintaqaviy siyosatining asosiy qismlaridan biri ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy salohiyatni, zamonaviy ilm fan va texnika markazlarini, ishlab-chiqarish infratuzilmasini optimal ravishda joylashtirishgan iboratdir. Bunda eng ahamiyatlisi – bu turli zonalarni tabiiy – geografik xususiyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanish bilan birga davlat faoliyatini bu ishga to‘g‘ri yo‘naltirilganligidir. Ya’ni bu konkret-aniq, siyosiy xo‘jalik qarorlarida, rejalarda yaqin yillarga mo‘ljallangan dasturlarda va uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli dasturlarda o‘z aksini topadi.
XXR si tashkil topgan kunga qadar ham qoloq bo‘lib kelgan iqtisodiyot undan keyin ham vayrona holatga tushib qoldi. Ishlab – chiqarish kuchlarini taqsimlashda bir tomonlama yondashish o‘z ta’sirini o‘tqazdi. Butun sanoat quvvatining yarmidan ko‘pi 5 ta shaharda Shanxay, Tyanszin, Guanchjou, Chanchun va Sindouda jamlangan bo‘lib, ular orasida, birinchidan, Xitoyning markazga bo‘ysungan 4 ta yirik shaharlari bo‘lsa, ikkinchidan, aynan mana shu shaharlarga chet el investisiyalari eng ko‘p hajmda kiritilgandir.
Mamlakatning shimoliy – g‘arbiy territoriyasiga, ya’ni mamlakat territoriyasini 1/3 qismiga yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning atigi 2% gina to‘g‘ri kelar edi. I besh: yillikdan boshlab, sharqdagi eski sanoat rayonlarini faol ishlatish kursi qabul qilindi. Shular bilan birgalikda chet va qoloq joylarda yangi industrial markazlar barno etila boshladi. Shu besh yillikda sanoatni asosiy fondlariga kiritilarigan investisiyani 55,9% endi ichki rayonlarga to‘g‘ri keldi. U yerda 68% yangi yirik ob’ektlar qurildi. Sekin – asta dengizdan uzoq joylashgan shaharlar ham sanoat markazlariga aylana bordi.
Agar, 1956-1966 yillarda Xitoyda “katta sakrash” va 1966-1976 yillarda “madaniy inqilob”xatolari yuz bermaganida edi, sanoat ishlab chiqarishini boshqa tarmoqlarini geografik tekis joylashtirish jaraeni yanayam samarali bo‘lgan bo‘lar edi. O‘sha davrda mamlakatning har bir rayonida, har bir provinsiyasida, uezdida ” o‘z- o‘zini ta’minlovchi” majmua yaratish konsepsiyasi ustunlik qilar edi. Kichik, yarimkustar ishlab chiqarishga yo‘naltirish esa, to‘Rejagan mablag‘ni sochilishiga, bo‘sh rivojlangan umum- milliy bozorni yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin edi. Bir necha yillarga mo‘ljallangan halq xo‘jaligini tartibga solish rejasi ishlab chiqilib, bunda sanoat qurilishlarishni konservatsiya qilish ham mavjud bo‘lib, bu narsa qoloq rayonlarda ham olib borildi. Natijada umumiy ishlab chiqarishni joylashtirishda disproporsiyalarni (nomutanosibliklar) yechish jarayonini ko‘p yillarga kechiktirdi.
Uning ustiga 1960-1970 yillarda sobiq SSSR bilan munosabatlarni keskinlashuvi. XXR si rahbariyatini “urushga tayyorgarlik ko‘rishga, okoplarni chuqurroq qazishga va don bilan ehtiyot shart ta’minlashga” undadi. Buning natijasida, yuzlab korxonalar, birinchi navbatda harbiy korxonalar mamlakat ichkarisiga zudlik bilan ko‘chirishni amalga oshirilishi, bu bema’no “strategik” operatsiya, mamlakatga yana ulkan zarar keltirdi.
Mana shu yuqorida ta’kidlangan xususiyatlar Xitoy xukumatini mintaqaviy siyosatini shakllanishida va ishlab chiqarish kuchlarini rasional joylashtirishda ulkan rol yo‘nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |