O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati Reja: kiris


I-Bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni



Download 2,88 Mb.
bet3/27
Sana18.07.2022
Hajmi2,88 Mb.
#821558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni ahamiyati

I-Bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlarni
1.1 Jismoniy tarbiya darslarini milliylashtirish
Respublikamiz mustaqillikka erishishi bilan tub ijtimoiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Faqatgina zamon nafasiga qarab emas, balki xalq ta’limining barcha tarmoqlarida ta’lim uslubini bir qoliplikdan qotib qolgan eski yo’nalishdan voz kechib, yangicha ta’limni joriy etishni davrning o’zi taqozo qilmokda. Bu borada, ayniqsa, milliy maktab yaratish va shu bilan ta’lim hamda tarbiyaning yangi qirralariga asos solish dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so’zlagan nutqida, yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligini ta’kidlar ekan, hozirgi zamon yoshlariga katta baho beradi. «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazishimiz kerak» nutqida yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori ekanligini ta’kidlar ekan, hozirgi zamon yoshlariga katta baho beradi: «Biz sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz».
Endilikda ro’y berayotgan barcha o’zgarishlar har jabhada sifat o’zgarishlar yasashni taqozo etadi. Barcha sohalar qatorida Respublika xalq ta’limi tarmog’i, jumladan, uning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy tarbiya va sport mutahassisilari oldiga ulkan vazifalar kuyayotir. Bunday vazifalar yillar davomida to’planib qolgan muammolarni bosqichma-bosqich hal qilishga kirishish, uning moddiy bazasisini yanada mustahkamlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy barkamol shaxs sifatida voyaga etkazish mazkur sohani yangi davr talablaridan kelib chiqib, maorifimiz shart-sharoitlariga moslashtirish, uni iloji boricha milliylashtirishdan iborat.
Azaldan xalq turmushi mazmunining madaniy, iqtisodiy, siyosiy, maishiy tomonlarini o’zida mujassamlashtirib kelagan narsa bu - xalq o’yinlari va milliy jismoniy mashqlar hisoblanadi. Ilk zamonlaridan ularning ko’pi mol boqish, yovvoyi hayvon, qush va baliqlarni ovlashga qaratilgandi. Boy madaniyatimiz hozir ham o’z xususiyatlarini yo’qotmagan an’analarimiz, urf-odatlarimiz urug’lari o’sha davrlarda sepilgan. Biz xalqimizning juda ko’p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq o’yinlari, raqslari va sport turlari butunlay yo’qolib ketgan emas. Xalq uni o’z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, qalb qo’risini berib saqlab kelmoqda. Keyinchalik qanchalik ta’qiblar bo’lmasin, u avloddan-avlodga o’tib keldi. Uni bir yoki bir necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan, shuning uchun ham u asrlar osha yashayveradi, negaki u xalq bilan nafas oladi, uning qo’shig’i, qalbi bo’lib kuylaydi, raqsga tushadi. Betakror shoir Cho’lpon o’zining o’lmas misralari bilan xalq buyuk qudratning bitmas-tuganmas xazina ekanligini eslatadi. «Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir.»
Ilk go’daklik, bolalik chog’laridagi o’yinlar haqida qariyalargagina emas, balki barkamol yoshdagi kishilarga ham gap ochsangiz ajoyib bir narsaning shohidi bo’lasiz. Ularning qalbi, yuragi bir ko’tarilib tushganday bo’ladi, ko’zlari chaqnaydi, yuzlariga mayin bir tabassum yuguradi. Huddi shu paytda ularning qalbini, xalqning milliy faxrini tashkil etgan umrboqiy, qadimiy, betakror o’yinlar to’ldiradi.
Xalqning har qanday o’yini hayron qolarli darajada mehnat, turmush tarzi va atrof- muhit tabiati bilan uzviy bog’langan va aynan mos keladi. Bu ayniqsa, turli joylarda yashayotgan xalqlarning o’yinlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, hamma joyda mo’ljalga tosh, tekislikdagilar esa tayoq uloqtiradilar. Hamma vaqtlarda kenja avlod vakillariga kattalar, bobosi, otasi, akalari yordam bergan. Yoshi kattalar hamisha o’z tajribalarini, o’zlarining yoshlikdan sevimli bo’lgan mashg’ulotiga munosabatlarini kichiklariga o’rgatganlar, tabiiy zanjir orqali an’anaviy o’yinlar avloddan-avlodga o’tgan, shu bilan birga, kerakli ma’naviy xislatlar, jismoniy sifatlar, bilim, ko’nikma va malakalar shakllangan hamda mustahkamlangan. Xalq orasida chavandozlik, qilichbozlik va polvonlik kabi xalq sport turlari qadimdan mashhur bo’lgan va yuksak darajada qadrlangan.
Qadimiy ajdodlarmiz bo’lgan massagetlar bolalarini go’daklikdan otda yurish, tiyrandozlik va qilichbozlikka o’rgatganlar, tarixiy manbalarimizning guvohlik berishicha, «ularning bolasi 6-7 yoshidayoq yugurib borayotgan otda turib chumchuqni mo’ljalga olishgan.
Skiflarning o’zi kamon otishda butun Kichik Osiyo xalqlarini qoyil qodirganliklarga qaramay, bu ishda massagetlar ulardan mashhur ekanlar». O’zbek xalqining milliy o’yinlari aholining yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermaxsul ishlashga tayyorlagan. Bunday milliy o’zbek o’yinlarining milliy miqdori bilimdonlarning fikriga ko’ra, 3-5 mingdan kam emas.
Bu o’yinlarni qidirib topish, o’rganish va xalq orasida yangidan tashkil qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini chuqurlashtiradi.
Jismoniy tarbiya barcha zamonlarda inson hayotining g’oyat muhim va ajralmas qismi bo’lib kelgan. Binobarin, «jismoniy tarbiya aslini olganda umumiy tarbiyaning bir qismi bo’lib, odamni u yoki bu turmush tarziga yaqinlashuvidan boshqa narsa emas, tarbiya muammolari tarbiyaning maqsadiga qarab shaklini o’zgartirib kelgan. Masalan, Afinadagi kadimgi yunon quldorining jismoniy tarbiyadan maqsadi o’zini hayotdan to’la bahramand bo’lib, mumkin qadar ko’proq hizur-halovat ko’rishdan va bunga qodir bo’lishdan iborat deb bilgan. Gimnastika, o’yinlar, musiqa, harbiy mashq va boshqa san’at turlari bilan mashg’ul bo’lish-bo’lar bari uning hayotini bezashi, unga huzur baxsh etishi kerak.
Shuni dadil aytish mumkinki, hozirgi vaqtgacha hali hech bir davlat jismoniy maqomini Qadimgi Yunonistondagi, ayniqsa, Afnadagi singari yuksak darajaga ko’targan emas. Gegel «Yunonlar o’z qomatlarini o’zlari go’zal qiyofaga keltirganlar» deb yozgani ham tasodifiy emas. O’rta asrdagi og’ir hayot jismoniy tarbiya sohasida qo’lga kiritilgan barcha yutuqlarni yo’qqa chiqardi. Ammo buyuk olimlar va faylasuflar o’z asarlarida jismoniy tarbiyaning saqlanib qolishiga harakat qildilar va u haqida to’xtovsiz eslatib turdilar.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (960-1037 yillar) tomonidan yozilgan. «Qonun al-fit-tib» (tibbiy doston), Villanavada nomi chiqqan iste’dodli shifokor va faylasuf olim Arnold tomonidan sher bilan yozilgan mashhur «Sallern salomatlik kodeksi» singari mashhur asarlar shular jumlasidandir. Ularda har bir inson uyqu rejimiga qat’iyan rioya qilishi tavsiya etiladi. Har bir inson o’z tanasining gigienasiga rioya qilishi, harakat bilan sokinlikni almashtirib turish lozimligini maslahat beradi.
Ibn Sinoning tavsiyalariga Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur amal qilganlar hamda bu nasihatlarni turmushga tatbiq etganlar. Kuchli, sog’lom, chiniqqan, qiyinchiliklarga bardoshli va g’alaba qozonish san’atini egallagan sarbozlarni tarbiyalash ishida buyuk davlat arbobi bo’lgan bobokalonlarimizning mazkur tavsiyalari juda qo’l kelgan.
Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. Hozirda respubilkamizning ko’pchilik umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida o’quvchi va talaba yoshlarni jismoniy mashq mashg’ulotlariga qiziqishini, ongli munosabatini shakllantirishning turli usullari muvaffakiyatli tatbiq qilinmoqda.
Shunday bo’lsada, so’nggi yillarda o’quvchi yoshlarni turmush madaniyatiga jismoniy tarbiya va sportni chuqurrok singdirish ishi izchil amalga oshirilmoqda deyish mumkin. Gapimizning dalili sifatida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasining ma’lumotlariga diqqatingizni qaratmoqchimiz.
Qarang, 50% makrtabgacha tarbiya yoshidagi bolalarimiz nosog’lom, afsuski, maktab yoshidagilarning atigi 20 % to’liq jismonan chiniqqan. Armiya safiga chaqirilayotgan yigitlarning har ikkitasidan biri harbiy hizmatga layoqatsiz. Keyingi paytlarda korxona va tashkilotlarda, davlat va jamoa xo’jaliklarida kasallik tufayli ish kunini yuqotish nihoyatda tez o’sib bormoqda. Bir yilda onalar va kasal bolalarga qarash uchun Respublika bo’yicha 6.5 million ishchi kunini yo’qotishmoqda. Birgina 2000-yilda respublikamizda 42.9 million ishchi kuni kasallik bois zoe ketgan.
Faqat mana shu ko’rsatkichning o’zigina davlat hisobidan 30.6 mlrd sum sarf xarajat bo’lishiga olib kelgan. Yana bir nazardan chetda qolayotgan narsa himoyasiz keksalar va bolalar o’rtasida sport ishlarini jonlantirish masalasidir. 1 mln dan ziyod maktab o’quvchilarini sport bilan muntazam shug’ullanuvchilari uchun sharoit yaratish bilan birga qiziqish uyg’otish darkor. Respublikadagi barcha oliy o’quv yurtlari, kollej va o’rta maktablarida jismoniy tarbiya darslari qoniqarli deb bo’lmaydi.
Bundan tashqari 4 mln 539 ming o’quvchidan 29.3 gina to’liq jismoniy tarbiya va sportga panja orasidan qarashdan boshqa narsa emas.
Darslarning bu darajada to’liq o’tmasligi yoki qoniqarsizligi tufayli 40 % o’quvchida semirish kasalligi, 31 % da umurtqa suyagining o’zgarishi, 20%da esa o’sishdan orqa qolish hollari aniqlandi. Har uch maktabdan biri sport bazasiga ega emas. 300 o’quvchiga bir hovuz to’g’ri keladi. Har ikki maktabdan birida kompleks sport maydonlari mavjud emas. 10 mln ishga yarokli aholidan 1 mln 38 ming kishi sport seksiyalarida jalb etilgan, shulardan 675.8 ming kishi mashg’ulotlarda doimiy qatnashayapti. Atigi 19% sanoat korxonalarida sport zallari mavjud. 0.6 % da esa hovuz, 0.3 % dagina o’q otish tirlari bor xolos.
Sog’lik-salomatlik irsiyatga, urug’-aymoqqa, hamda kam harakatlilikka, yomon tarzda turmush kechirish hollariga qarab aniqlanmoqda. Yosh bolalar bilan jismoniy tarbiyaning to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi tufayli birinchi sinfga qabul qilingan bolalarning 70% ining salomatligi yomon va jismoniy tayyorgarligi past. Oxirgi yillarda respublikamiz sog’likni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, vegetativ distanstiya kasalligiga chalinish 16 marta, semirib ketish 5 marta ko’paygan.
Respublikamizda turli kasalliklari tufayli jismoniy tarbiya darslaridan ozod qilingan bolalarimiz soni 400 mingdan oshib ketgan, chunki vrach nazorati, davolash profilaktika ishlari qonikarli emas. Jismoniy tarbiya bilan ota-onalar o’z bolalarini mo’tadil shug’ullanishiga jalb etmaydilar, sharoitlari yo’k, qoniqarli harakat faolligi etishmaydi.
Respublikamizda bunday vaziyat yuzaga kelishining obektiv va subektiv sabablari bor. Sobiq Ittifoq davrida xalqimiz azaldan sevib, ardoqlab kelgan milliy o’yinlarni rivojlantirish va ommvaviylashtirishga etarli e’tibor berilmadi. Jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlarini targ’ib qilish, kishilar ongiga, turmush madaniyatiga singdirish kabi ishlarni amalga oshirishda sustkashliklarga yo’l qo’yildi.
Ming afsuski, sunggi yillarda ota-onalar, maktab rahbarlari yoshlarni jismoniy rivojlanishiga etarlicha ahamiyat berishmaydi.Gapimiz ko’ruk bo’lmasin, sotsiologlar o’tkazgan tadkikotlar natijasiga ko’ra, maktabdagi Fan o’qituvchilarining (jismoniy tarbiya Fani o’qituvchilari bundan mustasno) 50% i maktab ma’muriyati (sardor, O’QUV mudiri va h.k ) hodimlarining 20% ining maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlarining holati Bilan kizikishadi.Eng achinarlisi shundaki, 80% ota-onalar farzandlarining jismoniy tarbiya fanidan qanday o’zlashtirishga kizikmas ekan.Bu holatning asosiy sababi shundaki, ota-onalarimizning kupchiligi jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy, sog’lomlashtiruvchi omil ekanligini yaxshi tushunmaydilar.
Bu borada 1992-yil 14 yanvarda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni» ning qabul qilinishi muhim bir voqea bo’ldi. Jumladan, qonunda shunday deyiladi: «Ota-onalar, homiylar, vosiylar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar oiladagi bolalarning jismoniy har tomonlama kamol topishi va salomatligi to’g’risida qayg’urishlari, jismoniy tarbiya, sport mashqlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berishlari hamda sog’lom turmush tarzi va o’zlari shaxsan namuna ko’rsatishlari shart.
Bu vazifalar ustida ota-onalarimiz chuqurrok o’ylab ko’rishsa yomon bo’lmas edi. Xo’sh, bugungi kundagi asosiy vazifalar nimalardan iborat?
Birinchi navbatda aholini milliy, etnik, demografik hususiyatlarini hisobga olib jismoniy tarbiya va sportning sog’lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil ekanini e’tirof etib keng targ’ib qilish; jismoniy tarbiya va sportning milliy turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berish, jismoniy tarbiya va sportning inshootlarini avj oldirish; yoshlarni va keksalarni jismoniy tarbiya va sport buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish, aholini turar joylari, idoralar qoshida sog’lomlashtirish sport klublarini tashkil qilish, u bilan bog’lik bo’lgan moliyaviy ta’minot masalalarini hal qilish lozim. Ishni shunday yo’lga qo’yish kerakki, o’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, oila, maktab, mahalla, sog’likni saqlash tizimi jismoniy tarbiya va sportning ko’magida singdirish kerak.
Shunisi muhimki, odamlar so’zda emas, balki amalda o’z salomatligining qadriga etib, uni milliy boylik sifatida avaylab asrasinlar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Respublikamizda aholini jismoniy tarbiyalash va sog’lomlashtirish, umumta’lim maktablarida harakatli o’yinlarni takomillashtirish borasida ancha ishlar rejalashtirilgan. Ko’pchilik qilingan ishlar maktabda jismoniy tarbiyaviy tibbiy-pedagogik muammolariga bag’ishlangan. Bu ishlarning mualliflari o’z tajribalarini umumlashtirganlar, jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy masalalarini yoritib, kelajakda uni takomillashtirish yo’llarini ko’rsatganlar.
Nashr qilingan ishlarda jismoniy va axloqiy tarbiyaning o’zaro uzviyligi, jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining o’quvchilar estetik didlarini shakllantirishdagi roli, bu orqali ularda jamoatchilik faoliyatini faollashtirish kabi masalalar qarab chiqilgan. Shuningdek, jismoniy va estetik tarbiyaning o’zaro bog’likligi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning bolalarda badiiy didni shakllantirishdagi ta’siri kabi masalalar ham nazardan chetda qolmagan. Bir qator ishlarning mualliflari bolalar jismoniy tarbiyasining psixologik ya’ni (ruhiy) yo’nalishlari muhokama qilib jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining o’quvchilarning diqqatini va xotirasini barqarorlashtirishning o’rnini taxlil qilishgan. Shu bilan bir qatorda mualliflar ruhiy psixik pedagogik pozistiyada turib o’quvchilar jismoniy tarbiyasi va sport mashg’ulotlari motivlarini, ularda faoliyatining bu turiga nisbatan qiziqishini shakllantirish, turli yoshdagi o’quvchilar jismoniy tarbiyasining o’ziga xos tomonlari nazariy va amaliy asoslari o’rin olgandir. Bu kitoblarning mualliflari o’quvchilarning yoshi, jinsi, shuningdek, jismoniy tayyorgarligini hisobga olgan holda ularni jismoniy tarbiyalashning umumiy muammolarini qarab chiqishgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olib jismoniy tarbiya darslarini va tanaffuslardagi harakatli o’yinlarni uyushtirish masalalariga e’tiborni qaratishgan. Ular shu bilan birga turar joylarda ommaviy sport ishlarini tashkil qilish va o’tkazish masalalarini tahlil qilishgan va foydali amaliy maslahatlar berishgan. Ko’pchilik ish mualliflari o’z diqqat e’tiborini o’quvchilar jismoniy tarbiyasi va turmush tarzi bilan bog’lik tomonlarni tibbiy biologik yo’nalishlarni tadqiq qilishgan. Ular o’quvchilar jismoniy tarbiyasi va turmush tarzi bilan bog’lik tomonlarni tibbiy biologik yo’nalishlarni tadqiq qilishgan. Ular o’quvchilar jismoniy tayyorgarligini oshirishning fiziologik asoslarini, harakat va funkstional sifatlarini rivojlantirishni, bola tanasini chiniqtirish va kasalliklarning oldini olish, jismoniy tarbiya ustidan tibbiy nazorat kabi masalalarini o’rganishgan.

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish