3.
Dunyoning siyosiy xaritasidan Lotin Amerikasining to‘laligicha ekvatordan
janubda joylashgan davlatlarini ko‘rsating. Ushbu davlatlarning poytaxtlaridan
qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan so‘ngra botadi? Ushbu shaharning
geografik koordinatalarini aniqlang
.
Javob:
Lotin Amerikasining to’laligicha ekvatordan janubda joylashgan davlatlari:
Peru, Chili, Boliviya, Paragvay, Argentina, Urugvay. Ular ichida Peru davlatining
poytaxti Lima shahrida quyosh boshqa poytaxt shaharlarga nisbatan so’ngra botadi.
Uning geografik koordinatalari: 12
o
06' janubiy kenglik, 77
o
03' g’arbiy uzoqlik
24-BILET
1.
Okeaniya davlatlarining tabiiy resurslari, aholisi va xalqaro ixtisoslashuvi.
Javob:
Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida
joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26
mln km² ni tashkil etadi. Mintaqa Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik
(1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari
hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz
(Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Papua-
Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-
marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi. Okeaniya orollari davlatlarining
asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid
kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan.
Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va
avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan,
muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod
qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod
qiluvchilar ham bor. Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda
qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi,
asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l
ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop
monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan,
kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan
kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan,
yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha mintaqa davlatlari
orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi. Dengiz biologik resurslariga ega bo‘lgan
mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligida baliqchilik sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib
bormoqda. Sanoatida asosan eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qay
ta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy
rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm rivojlanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon
31
orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |