O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Afeliy» va «Kenglik zonalligi» atamalarining mazmun-mohiyatini 
tushuntiring. 
Javob:
Afeliy
–yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi.
Kenglik zonalligi
– quyosh nurlari tushish burchagining o‘zgarishi hisobiga tabiat 
komponentlari va geotizimlarning ekvatordan qutblarga tomon qonuniy o‘zgarib 
borishi.
 
3.
 
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan respublikamizning chekka 
nuqtalarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birida Quyosh birinchi bo‘lib chiqadi? 
Ushbu nuqtaning geografik koordinatalarini aniqlang

Javob: 
Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining Orol dengiziga 
tutash qismida, 45
0
36
I
sh.k., janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqinida - 73
0
10
I
sh.k., 
g'arbiy nuqtasi Ustyurtda - 56
0
00
I
shq.u. va sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining 


14 
@geografiya_test_video_slayd
 
chekkasida 73
0
10
I
shq. uzoqlikda joylashgan. Quyosh birinchi respublikamizning 
eng chekka sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining chekkasida 73
0
10
I
shq. uzoqlikda 
ko’rinadi. 
 
11-BILET 
1.
 
Yerning ichki tuzilishi. 
Javob:
Yerning ichki qismi qobiqlardan tuzilganligini quyi sinflardan bilasiz. Endi 
ana shu qobiqlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishsiz. Yer po‘sti – Yerning 
eng yuzada joylashgan qattiq qobig‘i. Qalinligi o‘rtacha 35–40 km. Moddalarning 
o‘rtacha zichligi 2,7 g/sm3, Yer hajmining 1 % ini, massasining 0,4 % ini tashkil 
etadi. Mantiyadan Moxo chegarasi orqali ajralib turadi. Yer po‘sti kimyoviy 
elementlar, minerallar, tog‘ jinslaridan iborat. Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy 
elementlar kislorod, kremniy, aluminiydir. Materik yer po‘sti 3 ta, ya’ni cho‘kindi, 
granit va bazalt qatlamlaridan tuzilgan. Bunday qatlamlarni ajratish shartlidir. 
Cho‘kindi qatlam eng yuzada joylashgan bo‘lib, qalinligi 15–20 km gacha, ohaktosh, 
qum, gil va boshqalardan iborat. Granit va bazalt qatlamlar har birining qalinligi 10–
15 kmni tashkil etadi. Okean yer po‘sti okean tubiga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 5–10 km 
bo‘lib, cho‘kindili va bazaltli qatlamlardan tuzilgan. Oraliq yer po‘sti o‘rtacha 
qalinligi 15–30 km, 3 qismdan iborat: chekka dengiz soyligi, orollar yoyi va chuqur 
cho‘kmalar. Dengiz soyligi va chuqur cho‘kmalar ostida granit qatlami yo‘q, 
cho‘kindi va bazalt qatlamlardan iborat. Granit qatlam faqatgina orollar yoyida paydo 
bo‘ladi. Yevrosiyo materigining sharqiy qirg‘oqlarida, Shimoliy va Janubiy 
Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlarida mavjud. Riftogen yer po‘sti o‘rta okean 
tizmalariga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 1,5–2 km bo‘lib, 2 qatlamli tuzilgan. Cho‘kindi 
qatlamning qalinligi 1–2 km, bazalt qatlam rift vodiylarida (yer yoriqlarida) asta-
sekin nuraydi va unchalik qalin emas. Mantiya – yer po‘sti bilan yadro orasidagi 
qobiq. Moddalarning zichligi 5,7 g/sm3, Yer hajmining 83 % ini, massasining 68 % 
ini tashkil etadi. Ikki qismdan iborat bo‘lib, yuqori mantiya 900 km, quyi mantiya esa 
2900 km chuqurlikkacha davom etadi. Harorat 2000° C, yadro bilan chegarasida esa 
3800° C ga yetadi. Yadro – Yerning eng chuqur, ichki qismi. Moddalarning zichligi 
16 g/sm

gacha yetadi. Yer hajmining 16 % ini, massasining 31 % ini tashkil etadi. U 
ham ikki qismdan iborat bo‘lib, tashqi yadro 5100 km chuqurlikkacha, ichki yadro 
Yer markazigacha davom etadi. Harorat 4000° C dan ortiq.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish