O’quv uslubiy majmua
Sohada AKT
8
1. Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
EHM va ilmiy texnik inqilob.
Elektron hisoblash mashinalari xozirgi kunda
inson foydalanayotgan xolatiga kelguniga qadar bir qancha davrlarni bosib o’tgan
va ular o’zlarining turli afzallik, kamchiliklari bilan farqlanganlar. Elektron
hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar –
1-avlod
(1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat.
EHM katta hajmi, ko’p elektr quvvati iste‘mol etishi, kam harakatchanligi, kam
ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod
(1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o’tkazgichli
elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari
yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod
(1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM
hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi,
ma‘lum masofadagi terminallardan alohida bo’lish.
4-avlod
(1970 yillar o’rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta
integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning
ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo’nalishi; yuqori ishlab
chiqarish quvvatiga ega qudratli ko’p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro
EHMlarni yaratilishidir.
5-avlod
(1980 yillar o’rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila
boshlandi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko`ra jamiyatni axborotlashtirish
muammosini xal qilish taraqqiyotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanib, XXI
asrda
davlatlar
sivilizatsiyasining
yangi
pog`onasiga
ko`tarilishi
bilan
boholanmoqda. Bunday maqsadga erishish axborot infratuzulmasini rivojlantirish
dasturini joriy qilish orqali erishiladi.
Axborot infratuzilmasi mamlakatdagi barcha axborot iste'molchilarini
axborot bilan ta'minlash tizimlari majmuasidan iborat bo`lib, avtomatlashtirilgan
aloqa tizimlari va axborot – hisoblash resurslarini keng tadbiq etish asosida yangi
axborot texnologiyasidan foydalanish imkonini beradi. Bu esa "Informatika va
axborot texnologiyalari" fanini o`qitish maqsadidir. "Informatika va axborot
texnologiyalari" fanining asosiy vazifasi Prezident I.A.Karimov tomonidan
qo`yilgan masalalarni yechishga, jamiyatni axborotlashtirish to`g`risidagi
dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo`lib, iqtisodiy mutaxassisliklar bo`yicha
ta'lim olayotgan talabalarni tashkiliy-iqtisodiy sohadagi masalalarni yechishda
yangi, yuqori unumdorli hisoblash texnikasidan va zamonaviy axborot
texnologiyasidan samarali foydalanishga o`rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |