5-mavzu. Sinov darslari texnologiyasi. Ularni tashkil etishning zamonaviy yo’l-yo’riqlari. Innovatsion nazorat turlari(2 soat amaliy mashg’ulot).
Mediavositalar asosida sinov (nazorat) darslarini tashkil etish. “Videoinsho”, “Videomatn”, “Videodiktant”, “Videolug’at”, diktant va bayon turlarini amalga oshirish tartiboti. O’quvchilarning imloviy malakalarini shakllantirishda nazorat turlarining foydalanish. “Videoinsho”, “Videodiktant”, “Videolug’at” va “Videomatn”lar asosida o’quvchilarni ijodkorlikka undash. Orfografik xarakterdagi nazariy bilimlarni mustahkamlashda hamda nutq o’stirishda mediavositalardan foydalanish. Yozma savodxonlikda o’quvchilarda uchraydigan bo’shliqlar. Bo’shliqlar ustida ishlash.
8-mavzu. PISA topshiriqlarining tarkibiy tuzilishi va darajalari (2 soat amaliy mashg’ulot). Xorij ilg’or tajribalarini o’rganish, tahlil qilish va milliylik bilan uyg’unlashtirib amaliyotga tatbiq etish. PISA topshiriqlari tarkibiy tuzilishi va darajalari. O’quvchilar hayotiy ko’nikmalarini va o’qish savodxonligidan o’quv yutuqlarini baholash, mantiqiy tafakkurini shakllantirish maqsadida PISA ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan tavsiya qilingan topshiriqlarni tuzishda belgilangan talablar. PISA topshiriqlari namunalari. Topshiriqlarningtasniflanishi: 1. Mazmun yo’nalishi - 4 ta yo’nalish. 2. O’qish savodxonligi -3 xil. 3. Qo’llash sohasi(kontekst) - 4 ta toifa. 4. Qiyinlik darajalari – 6 ta. Muammoli ta’lim texnologiyalari: ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi, evristik va loyihaviy ta’lim metodlari. Ijodiy (tanqidiy) fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalarni amalga oshirishda qo’llaniladigan o’qitish metodlari. Evristik ta’lim texnologiyasi yordamida o’quvchilarda tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllantirish metodlari. Loyihaviy ta’lim texnologiyasining mohiyati, uni amalga oshirish yo’llari. Farqlar va umumiy jihatlari. Savol tuza olish mahorati.
9- ko’chma amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishning innovatsion uslublari (4 soat ko’chma amaliy mashg’ulot). Mazkur mashg’ulot oliy ta’lim muassasasida ko’chma mashg’ulot (ochiq darslar) tarzida o’tkaziladi. Unda ilg’or pedagogik tajribalarini o’rganish tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishiladi. Shuningdek, ona tili va adabiyot fanlari bo’yicha yaratilgan yangiliklar, yangi metodik ishlar o’rganiladi. Natijada tinglovchilar yangiliklarni amaliyotga tatbiq eta olish kabi kompetensiyalarga ega bo’ladilar va orttirilgan tajribani ta’lim muassasalarida qo’llash bo’yicha professor o’qituvchilardan yo’nalish oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |