7-mavzu. O’qish savodxonligini oshirishning maqsad va vazifalari, muammo va yechimlari. PISA asosida o’quvchilarning o’qish savodxonligini baholash (2 soat ma’ruza).
PISA xalqaro tadqiqot dasturi to’g’risida ma’lumot berish. O’qishsavodxonligito’g’risida tushuncha berish. 2003, 2012–yillarda 15 yoshli o’quvchilarning o’qish savodxonligi sohasidagi funksional bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkazilgan PISA xalqaro tadqiqodlari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkilotining o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotida ishtirok etish yuzasidan 2018 yil 8-dekabrdagi 997 – sonli qarori tahlili. Ona tili va adabiyotni o’qitishda o’qish savodxonligida uchraydigan muammo va yechimlar. O‘quvchilarda filologiya fanlarini o‘qitish asosida bilimlarini hayotda qo‘llay olish hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Har sohada bilimlarni hayotga tatbiq eta olish, iqtisodiy, huquqiy, o‘qish savodxonligi, mantiqiy fikrlash, tanqidiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish, chet tillarida muloqot qilishga erishish;
AMALIY MASHG’ULOTLAR MATERIALLARI
2-mavzu. Ona tili ta’limida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar va metodlar (2 soat amaliy mashg’ulot). Davr talabi bilan ona tili fani ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalar. Darsni o’quvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib shakllantirish. Ona tili ta’limida o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantrishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar va metodlar. Lingvistik va nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishda Hinnovatsion pedagogik texnologiyalar, ta’limiy va didaktik o’yinlar, metodlardan samarali foydalanish. O’qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari: 1) ilmiy izlanish metodlari (kuzatish, tajriba, taqqoslash, analogiya, analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish va klassifikasiyalash), 2) o’qitish metodlari (izohli-ko’rgazmali, namoyish, kitob bilan ishlash, reproduktiv, evristik (o’quv kashfiyoti), muammoli vaziyat, tadqiqot, loyihalar metodi, muayyan vaziyatlarni o’rganish (keys-stadi) metodi, ma’ruza, hikoya, og’zaki yo’l-yo’riq berish, tushuntirish, suhbat metodlari, amaliy mashg’ulot, laboratoriya ishi), 3) xulosa chiqarish metodlari (induksiya, deduksiya va analitik metod). Ta’lim metodlarini tanlash bo’yicha tavsiyalar. Uy vazifalari berishga qo’yiladigan didaktik talablar va uni tashkil etish yo’llari. Nutkiy kompetensiyani rivojlantirish boskichlari: mashk kildirish, adabiy talaffuz, mantikiy fikrlash, imloviy savodxonlik, so’z boyligining oshishi. “Qiyoslash”, “Zanjir”, “Juftini bilasizmi?”, “Tarmoqlar”, “Domino”, “Kim ko’p so’z topadi?”, “Kim xattot?”, “Kim notiq?”, “O’rnini top”........
Do'stlaringiz bilan baham: |