O’quv modulining ta’limdagi o’rni
Modulni o’zlashtirish orqali tinglovchilar ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni o’rganish, ularni amalda samarali qo’llash va baholashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo’ladilar.
4.1. “Ona tili va adabiyot fanlarini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar“ o’quv modulining soatlar bo’yicha taqsimoti
№
|
Mavzular
|
Jami o’quv yuklamasi
|
Jumladan
|
Mustaqil
ta’lim
|
Naza
riy
|
Ama
liy
|
Ko’chma mashg’u-
lot
|
|
Ta’lim tizimidagi islohotlar. Zamon talablari asosida ona tili va adabiyotni o’qitish tamoyillari
|
2
|
2
|
|
|
|
|
Ona tili ta’limida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar va metodlar
|
2
|
|
2
|
|
|
|
Adabiyot ta’limida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar va metodlar
|
2
|
|
2
|
|
|
|
Ona tili va adabiyot ta’limida o’quv loyihalarini tashkil etish tamoyillari.
|
2
|
|
2
|
|
|
|
Sinov darslari texnologiyasi. Ularni tashkil etishning zamonaviy yo’l-yo’riqlari. Innovasion nazorat turlari
|
4
|
2
|
2
|
|
|
|
Ta’limda xalqaro baholash dasturlari – PISA, PIRLS, TIMSS
|
2
|
2
|
|
|
|
|
O’qish savodxonligini oshirishning maqsad va vazifalari, muammo va yechimlari. PISA asosida o’quvchilarning o’qish savodxonligini baholash.
|
2
|
2
|
|
|
|
|
PISA topshiriqlarining tarkibiy tuzilishi va darajalari.
|
4
|
|
2
|
|
2
|
|
Ko’chma amaliy mashg’ulot
|
4
|
|
|
4
|
|
|
Jami:
|
24
|
8
|
10
|
4
|
2
|
NAZARIY MASHG’ULOTLAR MATERIALLARI
1-mavzu. Ta’lim tizimidagi islohotlar. Zamon talablari asosida ona tili va adabiyotni o’qitish tamoyillari(2 soat ma’ruza). Milliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar.Zamon talablari asosida ona tili va adabiyot fanlari ta’limi uchun yaratilgan o’quv dasturlari, ularning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati, tarkibiy qismlari. Kompetentli o’quvchini tarbiyalashda tayanch kompetensiyalar va fanga oid kompetensiyalarning tutgan o’rni va zarurati. Ona tili va adabiyot darslarida tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish usullari. O’quv maqsadlarini belgilash mezonlari (Blum taksonomiyasi).O‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslari (elektron darsliklar, proeksion-multimedia) va internatdan foydalanish yo‘llari bo‘yicha bilimlarini oshirish.
5-mavzu. Sinov darslari texnologiyasi. Ularni tashkil etishning zamonaviy yo’l-yo’riqlari. Innovatsion nazorat turlari (2 soat ma’ruza).
Media vositalar asosida sinov (nazorat) darslarini tashkil etish va uning afzalligi. “Videoinsho”, “Videomatn”, “Videodiktant”, “Videolug’at”, diktant turlari. Maktabda o’tkaziladigan nazorat ishlarining asosiy vazifalari. O’quvchilarning imloviy malakalarini shakllantirishda nazorat turlarining o’rni. “Videoinsho”, “Videodiktant”, “Videolug’at” va “Videomatn”lar o’quvchilarni ijodkorlikka undash omili. “Videoinsho”-tafakkur mahsuli. “Videodiktant” – o’quvchilarning tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirishdagi o’rni. “Videolug’at” vositasida o’quvchilarning lug’at ustida ishlash malakalarini shakllantirish. “Videomatn” orqali o’quvchilarning mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy va mustaqil fikrlashlarini o’stirish. Orfografik xarakterdagi nazariy bilimlarni mustahkamlash va nutq o’stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar. Yozma savodxonlikda o’quvchilarda uchraydigan bo’shliqlar va ular ustida ishlash.
6-mavzu. Ta’limda xalqaro baholash dasturlari – PISA, PIRLS, TIMSS (2 soat ma’ruza). Xalq ta’limi tizimiga oid ilg’or xorijiy tajribalarni o’quv-uslubiy adabiyotlarni ona tili va adabiyot fani orqali tushunchalar berish va bugunning talablari asosida yangiliklarni joriylantirish. Ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi xalqaro baholash dasturlari – PISA (o’quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) xalqaro dasturlari haqida ma’lumot. Xalqaro baholash dasturlarining ta’lim sifatini yanada oshirishdagi o’rni va ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |