ONA TILI VA ADABIYOT FANIGA OID TAYANCh VA FANGA OID KOMPETENSIYALAR
Bugungi kunda ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni kiritishning zarurati nimada? Avvalo, “Competence” so’zi “to compete” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So’zma-so’z tarjima qilinsa¸ “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi. Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetensiya, kompetentlilik o’ta murakkab, ko’p qismli, ko’pgina fanlar uchun mushtarak bo’lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko’ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek "samaradorlik", "moslashuvchanlik", “yutuqlilik", muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", “natijalilik", "uquvlilik”, "xocca", xususiyat”, “sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmokda. Shunga ko’ra, ta’lim kompetensiyalarini tasdiqlangan standartda keltirilgan ta’rif bo’yicha qabul qilamiz.
bilim — o’rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko’nikma — o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llay olish;
malaka — o’rganilgan bilim va shakllangan ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
O’zbekistonda dastlab Birinchi Prezidentimizning 2012- yilda imzolangan chet tillarni o’qitishni takomillashtirish to’g’risidagi farmonga muvofiq ilk bor kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS ishlab chiqilib, 2013-2014 o’quv yilidan bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etila boshlandi.
Kompetensiya bo’lishi uchun uning strukturasi qanday bo’lishi kerak?
Kompetensiyaning struktura komponentlari quyidagilar:
Kompetensiyaning nomi;
kompetensiya tipi va uning umumiy ketma-ketligidagi o’rni (tayanch, fanlararo, fanga oid);
kompetensiyalar kiritiladigan, real faoliyat ko’rsatadigan obyektlar doirasi;
kompetensiyaning ijtimoiy-amaliy bog’liqligi va ahamiyati (u jamiyat uchun nima sababdankerak?);
kompetensiyaning shaxsga nisbatan ahamiyati (nima sababdan o’quvchi kompetent bo’lishikerak?);
real obyektlar doirasiga oid bilimlari, ko’nikmalari va malakalari;
mazkur kompetensiya doirasida o’quvchining faoliyat ko’rsatishi uchun kerak bo’ladigan minimal tajribasi (o’qitish bosqichlaribo’yicha);
indikatorlar – o’quvchi kompetentligi (o’qitish bosqichlari bo’yicha) darajasini aniqlash uchun o’quv va nazorat-baholash topshiriqlari namunalari,misollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |