2-Mavzu. Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti
Nazariy qism
Bilib olasiz:
Axborot komplekalarida texnik (hardware) vadasturiy ta’minot (software)(DT) turlarini. Dasturiy ta’minot ta’rifini, interfeys turlari, TDT, ADT va DTADT turlari va vazifalari, OT va drayver vazifalari.
Axborot komplekslarining texnik ta’minoti
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi, axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbob-uskunalari, axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi.
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar. Uning ko’rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:
Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.
Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.
Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel Pentium, Intel Celeron , AMDA
Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Operativ xotira hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik kompyuter ko’p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bo’ladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotira tozalanadi.
Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.
Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami televizorlarga o’xshash: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.
Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |