Mustaqil О‘zbekiston Konstitusiyasining qabul qilinishi
va uning tarixiy ahamiyati.
Konstitusiyaviy «bino» ning qurilishi uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga asoslangan. Bugungi О‘zbekiston qadimiy Xorazm va Sо‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, о‘zbek xonliklari, ma’rifatli ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va mustaqil davlat haqidagi kо‘p asrlik orzularini о‘zida mujassam etgan.
Bundan tashqari, bizning qiziqish va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, Asosiy qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 mamlakati tomonidan tо‘plangan ilg‘or konstitusiyaviy tajribani hisobga olgan holda yaratilgan.
О‘zbekiston Konstitusiyasining paydo bо‘lishi tarixi haqida gap ketganda, suveren О‘zbekistonning birinchi Konstitusiyasini tayyorlash, muhokama qilish, qabul qilish va amalga oshirishning 6 ta huquqiy bosqichini qayd etish zarur. Zero, Konstitusiya yaratilish tarixi mustaqillik uchun kurashning ajralmas qismidir.
Konstitusiya yaratilishidagi birinchi huquqiy qadam о‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishidir.
Hech shubhasiz, bu mustaqillik tarixidagi yorqin sahifalardan biri -siyosiy va ma’naviy hayotimizdagi unutilmas voqea bо‘ldi. 1989 yil 21 oktabrda, qizg‘in munozaralar, musohabalar va mushohadalardan sо‘ng, va nihoyat, о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
«Davlat tili tо‘g‘risida» gi qonunda qayd etilgan ushbu muhim huquqiy qoida Asosiy qonunimizning 4-moddasida ham mustahkamlab qо‘yilgan.
Konstitusiya yaratilish tarixidagi ikkinchi huquqiy qadam, 1990 yil mart oyida О‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida birinchi marta mustaqil О‘zbekistonning birinchi Konstitusiyasini yaratish g‘oyasi ilgari surilganligi bilan belgilanadi.
Konstitutsiya yaratilishidagi uchinchi huquqiy qadam - bu «Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning e’lon qilish bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20-iyunda qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasining 8-moddasida О‘zbekiston «о‘z taraqqiyot yо‘lini, nomini belgilab beradi va о‘z davlat ramzlarini (gerbi, bayrog‘i, madhiyasi) о‘rnatadi,» degan tamoyil mustahkamlangan.
Deklaratsiyaning 12-bandida aytilishicha, ushbu hujjat «respublikaning yangi Konstitusiyasini ishlab chiqish uchun asos bо‘ladi».
О‘sha paytda bunday hujjat О‘zbekistonda - sobiq Sovet Ittifoqi hududida birinchi bо‘lib qabul qilingan edi.
Konstitusiya yaratish yо‘lidagi tо‘rtinchi qadam - Konstitusiyaviy komissiyani tuzilishi bо‘ldi.
Oliy Kengashning 1990 yil 21-iyundagi qarori bilan О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitusiyaviy komissiya 64 kishidan - davlat arboblari, deputatlar va mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etildi.
I.Karimov Konstitusiyaviy komissiya ish boshlaganidan beri mamlakatimizning о‘ziga xos xususiyatlarini tо‘liq aks ettiradigan, xalqaro andozalarga tо‘la mos keladigan, jahon tajribasini, demokratiyani va eng rivojlangan mamlakatlarning konstitusiyaviy qonunlariga monand Konstitusiya loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi.
Yangi hujjatni ishlab chiqish jarayonida u BMTning asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga tayandi. Yangi Konstitusiyaning ajralib turadigan xususiyati shundaki, u о‘zbek xalqining madaniyati va milliy an’analarining qadimiy ildizlariga ham tayanadi. Asrlar qa’riga nazar tashlab, ishlab chiquvchilar xalqning adolatli davlat, demokratiya va qonuniylik haqidagi g‘oyalarini о‘rganib, «Temur tuzuklari», «Boburnoma», «Zafarnoma» kabi tarix va madaniyat yodgorliklaridan ilhomlanib, Alisher Navoiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning donoligiga murojaat qildilar. Bundan tashqari, ular konstitusiyaviy rivojlanishning dunyo tajribasini, turli mamlakatlarda qonunchilik va demokratiya yutuqlarini chuqur о‘rgandilar.
Konstitusiya yaratish yо‘lidagi beshinchi qadam, albatta, davlat mustaqilligini e’lon qilinishidir.
Davlatimiz rahbarining 1991 yil 31-avgustdagi XII chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VI favqulodda sessiyasida sо‘zlagan nutqida, xususan, shunday deyilgan edi: «Bundan buyon 1-sentabrni milliy bayram deb e’lon qilishni taklif qilaman». Bu sо‘zlar tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozilgan.
Shu kuni Oliy Kengash tomonidan “О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tо‘g‘risidagi Bayonot” e’lon qilindi. Mazkur Bayonotda: «Bundan buyon, shubhasiz, О‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitusiyasi va qonunlari ustunlik qiladi»,- deyilgan.
Shu kuni «О‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida»gi konstitusiyaviy qonun ham qabul qilindi. Unda kelajakdagi Konstitusiyaning asosiy qoidalarini aks ettiruvchi bir qator muhim moddalar mavjud. Xususan, ushbu Qonunga muvofiq:
-“О‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tо‘la hajmiga ega, о‘z milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilaydi” (3-modda);
- «О‘zbekiston Respublikasida О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari ustunlik qiladi. О‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudga bо‘linishi tartibi asosida qurilgan (5-modda).
Ushbu konstitusiyaviy qonun Asosiy qonunimiz qabul qilinishidan oldin, ya’ni 1992 yil 8-dekabrgacha biz uchun Konstitusiya о‘rnida xizmat qilib turdi.
Konstitusiya yaratish yо‘lidagi oltinchi huquqiy qadam - bu Konstitusiya birinchi loyihasini ommaviy muhokamaga chiqarish uchun matbuotda e’lon qilinishidir.
Konstitusiyaviy komissiya bajarilgan ishlarni va 1992 yil 8- sentabrda ma’qullangan Konstitusiya loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qо‘yishga qaror qildi. Yangi Konstitusiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26-sentabrda tayyorlangan va о‘sha kuni matbuotda e’lon qilingan.
Asosiy Qonunimiz ikki marta - 1992 yil sentabr va noyabr oylarida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Jamoatchilik muhokamasi natijasida Konstitusiya loyihasiga 100 ga yaqin tuzatishlar kiritildi. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8-dekabrda XII chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Butun dunyoga xalqimizning istagi va xohish-irodasi rasman e’lon qilindi: о‘zbek davlatchiligini zamonaviy sivilizatsiya asosida qayta tiklash, tinch va osoyishta hayot kechirish, uning mustahkamlanishiga har tomonlama hissa qо‘shish, demokratiyasini chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti tamoyillariga sodiqlik, insonparvar qonun ustuvorligini shakllantirish, fuqarolikni ta’minlash kabilar unda о‘z ifodasini topdi.
Konstitusiyamiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash bо‘yicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |