O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
tadbirkorlik va uning turlari, shakllari paydo bo‘lishi, biznes-reja va talab belgilari haqida ma’lumot bera oladi;
tadbirkorning huquq va burchlarini biladi;
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi;
firmalarning afzalligini va kamchiliklarini tushuntira oladi;
korxona mablag‘lari, ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, korxona ta’sis shartnomasi, logotip va firma belgisi, tovar belgisi, slogan va ogohlantiruvchi belgilar bilan ishlay oladi;
startapni moliyalashtirish manbalaridan foydalana oladi;
internet tizimi orqali tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkaza oladi;
soddalashtirilgan tartibda to‘lanadigan soliqlarni biladi;
xususiy korxona va firmalarni boshqara oladi;
biznes loyihalarni ishlab chiqa oladi;
hamkor tashkilotlar bilan aloqa o‘rnata oladi;
risklar bilan ishlay oladi;
mehnat unumdorligini o‘stirish omillarini amalda qo‘llay oladi;
korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘llarini tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |