„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/111
Sana21.07.2021
Hajmi5,29 Mb.
#125078
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
ona tili 10 uzb

So‘zlashuv 

uslubi

Ilmiy uslub

Publitsistik

uslub

Rasmiy

uslub

Badiiy uslub

zormanda


marketing

ilg‘or


ariza

saxovatpesha

http://eduportal.uz



43

II   FASL.

  SOZDAN SOZNING FARQI BOR

9-mavzu. QANDAY SO‘ZLAR O‘ZARO

BOG‘LANMAYDI?

                                                                       Fikrat  –  daryo,  g‘aflat  ko‘lmakdir,

Daryo  –  hayot,  ko‘lmak  o‘lmakdir.

                             

(Erkin Vohidov)

  9.1-mashq.

 

Qavs  ichidagi  so‘zlardan  mosini  tanlab,  matnni  o‘qing. 



UMR SHUNDAY KECHADI

Bir  guruh  ulfatlar  tijorat  maqsadida  chet  (el, yurt, shahar, o‘lka)ga 

borishdi.  Ular  gavjum  shahardagi  sakson  qavatli  (mehmonxona,  bino,  ofis)- 

ning  yetmish  beshinchi  qavatiga  joylashishdi,  chunki  bundan  pastda  joy 

yo‘q edi. Yuqoridan shaharni tomosha qilish qulayligini o‘ylab, shu qavatda 

qolishga  (rozi, majbur)  bo‘lishdi.  „Ammo  shuni  eslatib  qo‘yishim  lozim-

ki,  –  deya  ularni  ogohlantirdi  mehmonxona  xodimi,  –  ichki  tartibimizga 

ko‘ra,  kech  soat  o‘n  birdan  ertalabki  yettigacha 



lift

  ishlamaydi.  Shuning 

uchun  soat  o‘n  birgacha  xonangizga  chiqib  olishni  unutmang“. 

Ulfatlar  birinchi  va  ikkinchi  kunlari  aytilgan  vaqtgacha  ishlarini  tugatib, 

xonalariga  ko‘tarilib  olishdi.  Ammo  uchinchi  kuni  ko‘ngilochar  (bazm, 

tomosha, o‘tirish, konsert)da  uzoqroq  qolib  ketishdi.  Mehmonxonaga 

qaytishganida  soat  o‘n  birdan  o‘n  daqiqa  o‘tgan  edi.  Xizmatchilardan 

liftni  ishlatib  berishni  (iltimos, talab, da’vo, iddao)  qilishdi,  lekin  foydasi 

bo‘lmadi:  lift  avtomatik  ravishda  o‘char  ekan.  Pastda  qolishning  ham  iloji 

yo‘q,  yetmish  beshinchi  qavatga 

zinapoya

  orqali  piyoda  chiqish  esa  azob. 

Shunda  bittasi: 

–  Kelinglar,  sekin  suhbatlashib  chiqib  ketaveramiz.  Avvalgi  yigirma 

besh  qavatda  (latifa, qo‘shiq, askiya, topishmoq)  aytamiz,  hazil-huzul 

qilamiz.  Keyingi  yigirma  besh  qavatda  esa  qo‘rqinchli  (voqea, hodisa, 



xabar, vaziyat)lardan  so‘zlaymiz.  Qarabsizki,  xonamizga  yetib  olganimizni 

http://eduportal.uz




44

ham  (bilmay, ko‘rmay, eshitmay, o‘ylab)  qolamiz,  –  dedi.  Bu  gap  ham-

malariga  ma’qul  keldi.

Darhaqiqat,  qiziq-qiziq  hangamalar  bilan  dastlabki  yigirma  besh 

qavat  ancha  tez  (bosib o‘tildi, chiqildi, egallandi, ishg‘ol etildi). Keyin 

jiddiy  voqealarning,  mardlik  qissalarining  navbati  keldi.  Ulfatlar  ikkinchi 

bosqichni  ham  amallab  ortda  qoldirishdi.  So‘nggi  yigirma  besh  qavatni  

g‘am-g‘ussaga (to‘la, boy, chalingan, to‘yingan)  hikoyalar,  yurakni 

ezadigan  alamli  rivoyatlarni  aytib,  ming  (mashaqqat, azob, qiyinchilik, 

nadomat)  bilan  bosib  o‘tishdi.  Nihoyat,  sillalari  qurib,  hansirab,  tillari  

osilib, 


eshik

  oldiga  yetib  kelishdi.  Shunda  ulardan  biri  o‘sha  (kun, voqea, 



hodisa, vaziyat)ning  eng  musibatli  qissasini  aytdi:  „


Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish