„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/111
Sana21.07.2021
Hajmi5,29 Mb.
#125078
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
ona tili 10 uzb

5-mavzu. BADIIY USLUB

   

 5.1-mashq.

 

Berilgan matnlarni o‘qing.



 

I.  Arastu  yoshi  yetmishga  yetganda  barbat  chalishni  o‘rganibdi. 

Shogirdlari:  „Oppoq  sochingiz  bilan  barbat  mashq  qilgani  uyalmaysiz  -

mi?“  –  deb  so‘rashsa,  shunday  javob  beribdi:

–  Davrada  o‘tirgan  odamlar  bu  hunarni  bilgani  holda  men  ko‘zimni 

mo‘ltillatib  o‘tirsam,  o‘shanda  uyat  bo‘lur  edi.  Har  qanday  ilm-u  hunardan 

http://eduportal.uz



22

xabardor  bo‘lish,  uni  o‘zlashtirish  yo‘lida  tortish  mumkin  bo‘lgan  barcha 

aziyatlarni  bilish  odamning  fazilatidir.  Johil  kishigina  buning  ma’nosiga 

tushunmaydi  va  foydasini  bilmaydi.  (Muhammad  Avfiy)



Barbat – to‘qqiz torli cholg‘u asbobi

II.  Talab  va  takliflarga  binoan  „O‘zbek  tilining  morfem  lug‘ati“  

(26 163 ta  so‘z)  –  to‘liq  versiyada.  Endi  siz  soatlab  kitob  titib,  falon 

pulga  uni  sotib  olmaysiz.  Ushbu  lug‘at  mutlaqo  bepul.  Offlayn.  Juda  ham 

qulay. (Internetdan)



III.  Mashhur  Maugli  haqidagi  asarni  eslaysizmi?  Uning  muallifi  ingliz 

shoiri va yozuvchisi Redyard Kipling Nobel mukofotining adabiyot bo‘yicha 

eng  yosh  sovrindori  bo‘lgan.  U  1907-yilda  42  yoshida  „kuzatuvchanlik, 

yorqin  tasavvur,  g‘oyalar  yetukligi  va  buyuk  iste’dodi  uchun“  ushbu 

nufuzli  mukofotga  munosib  ko‘rilgan.  Bunga  qadar  Redyard  Kipling  4 

roman,  13  tom  hikoya,  3  tom  bolalar  hikoyalari,  shuningdek,  bir  qator 

she’rlar  va  safar  eslatmalarini  yozishga  ulgurgan.  (t/me:adabiyot_olami)

IV.  Xaridorlar  ham  muayyan  tovarni  sotib  olish  uchun  o‘zaro  raqobat 

qilishadi.  Bunday  raqobat,  ayniqsa,  tovarning  taklif  miqdori  unga  bo‘lgan 

talab  miqdoridan  kam  bo‘lganda  yaqqolroq  namoyon  bo‘ladi.  Bozorda 

tovarning  kam  miqdorda  taklif  etilishi  tovar  taqchilligini  yuzaga  keltiradi. 

Tovarni  sotib  olish  uchun  xaridorlar  navbat  kutib  qoladilar.  Navbatlarning 

paydo  bo‘lishi  esa  xaridorlarning  o‘zaro  raqobatidan  dalolat  beradi.  Bunday 

raqobat  ta’sirida  narxlar  oshadi,  tovar  sifati  tushadi,  xizmat  ko‘rsatish  esa 

yomonlashadi.  („Iqtisodiy bilim asoslari“ darsligidan)



V.  Bostirma  tagida,  bo‘yin-boshini  kattakon  eski  sholro‘mol  bilan 

tang‘ib,  qo‘lida  rapida,  ikki  yuzi  tandirdan  endi  uzilgan  kulchadek  qizarib-

bo‘g‘riqib  non  yopayotgan  onasi  uni:

–  Ebi,  o‘zimdi  sahroyi  ulimmi?  Araz-durazing  arib-tarqab  keldingmi, 

bolam?  –  deya,  yaxshi  tanimagan  bo‘lib  chap  kaftini  peshanasiga  soyabon 

qilgancha, kulimsirab qarshi oldi. – Ke, ke. Qizginalaring chopib-chopqillab 

yuribdimi?  O‘zingdi  tan-joning  sog‘mi?  Oyro‘zingdi  vaqti  xushmi?  Tiniq 

kampir  qalay?  O‘tirgandir  keng  yaylovda  kengash  qurib?

http://eduportal.uz



23

–  Yaxshi,  hammaginasi  yaxshi,  oy  kulganday!  –  dedi  Berdiboy 

sabrsizlik  bilan.  –  Bu  Sanamingiz  o‘qishga  ketarmish,  deb  eshitdikmi, 

apa?  (Erkin A’zam)




Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish