O’qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayon (yoki o’quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi


Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi



Download 297 Kb.
bet5/6
Sana11.07.2022
Hajmi297 Kb.
#775674
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi jasur

1.3 Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi
Davlatning asosiy vazifasi - resurslardan foydalanish samaradorligiga, shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligiga erishishdan iborat.Buning uchun esa soglom raqobat muhitini yaratish zarur. Raqobat muhitini shakllantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifasi davlatning tartibga soluvchi funksiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Soglom raqobat muhitini shakllantirishning davlat tomonidan tartibga solinishi respublika bozorlarida raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy- huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish, bozorlarning monopollashtirishga urinishlarga yol qoymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, istemolchilar huquqlarini himoyalash chora-tadbirlarini oz ichiga oladi. Monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish masuliyati Ozbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qomitasining zimmasiga yuklatilgan bolib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish;
insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, iste’mol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish;
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o‘z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
iste’mol tovarlari narxlari monitoringini o‘tkazish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, ichki bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko`rsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish. Davlat tomonidan tartibga solish tizimini shakllantirishning asosiy tamoyilini ozgartirish - bozor iqtisodiyotiga otishning asosiy dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi. Otish bosqichida mazkur tizim ikkita hal qiluvchi tendensiya bilan tavsiflanadi. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bu yerda keng qamrovli xususiyatni yoqotadi. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi darajasi pasayadi. Ikkinchi tomondan, davlat tomonidan tartibga solish shakllari vausullarining ozgarishi yuz beradi.Bozorga otish bosqichida davlat tomonidan tartibga solishning roli shakllangan bozor xojaligidagiga qaraganda katta ahamiyatga ega. Bunga ikkita asosiy sabab bor. Birinchidan, otish bosqichida bozor shakllanish bosqichida boladi va uning tartibga soluvchi imkoniyatlari unchalik yuqori emas, bu davlatning iqtisodiy jarayonlarga jadal aralashuvi zaruratini belgilab beradi. Ikkinchidan, rejali xojalikdan bozorga otish avtomatik tarzda va stixiyali kechadi. Davlat o`tish jarayonini tartibga solishga, bozor infratuzilmasining barpo etilishini ragbatlantirishga, uning normal faoliyat korsatishi uchunsharoitlar yaratishgadavat etilgan.Davlatning iqtisodiyotdagi roli uning funksiyalarida muayyanlashadi. Davlatningotish iqtisodiyotidagi barcha funksiyalari bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bogliq. Ushbu bogliqlikning hususiyatiga qarab davlatning tartibga soluvchi funksiyalarining ikkita guruhini ajratish mumkin. Birinchidan, bu bozorning samarali faoliyat korsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish funksiyasi. Ikkinchidan, bu bozorning oz tartibga soluvchilarini tasirini toldirish va unga tuzatishlar kiritish.Birinchi guruhga bozor xojaligi faoliyat korsatishining huquqiy bazasini taminlash funksiyasi hamda bozor muhitida asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida raqobatni ragbatlantirish va himoyalash funksiyasi kiradi.Ikkinchi guruhga esa daromadlarni qayta taqsimlash, resurslarni taqsimlashga tuzatishlar kiritish, iqtisodiy barqarorlikni taminlash va iqtisodiy osishni ragbatlantirish funksiyalari kiradi.Yuqorida sanab otilgan funksiyalar otish iqtisodiyoti uchun ham, rivojlangan bozor iqtisodiyoti uchun ham xos xususiyatdir, biroq bozorga otish bosqichida ushbu funksiyalarning har birining amalga oshirilishi qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Agar shakllangan bozor xojaligida iqtisodiyot faoliyat korsatishining huquqiy bazasini taminlash asosan amaldagi xojalik togrisidagi qonun hujjatlarining qollanilishini nazorat qilish va unga qisman tuzatishlarni kiritish yoli bilan amalga oshirilsa, otish bosqichida esa xojalik yuritishning butun huquqiy bazasini yangidantashkil etish talab etiladi.Otish davridagi iqtisodiyotga xos bolgan raqobatning rivojlanmaganligi va bozorni monopollashtirishning haddan ziyod yuqori darajasi tufayli mazkur funksiyani amalga oshirish bu yerda ota muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamonda davlat - milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish siyosati bilan shugullanishi mumkin va lozim bolgan yagona institutdir.Makro va mikrodarajadagi raqobatbardoshlik ajratiladi. Milliy raqobatbardoshlikni mutaxassislar aholi turmush darajasini oshirishda va xalqaro iqtisodiy andozalarga amal qilishda milliy iqtisodiyotning boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bilan raqobat sharoitida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda istemol qilish qobiliyati sifatida tariflashadi.
Mikrodarajadagi raqobatbardoshlik omillarning ikkita guruhi bilan aniqlanadi: milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi, shuningdek, makroiqtisodiy biznes- muhitning sifati bilan. Forum maruzasining mualliflari firmalar darajasidagi raqobatbardoshlikni tortta asosiy omil bilan boglaydilar: resurslar, tashqi raqobat, talab, tarmoqlararo aloqalar.Bunda firma ichidagi menejment, marketing, harakat strategiyasi («tadbirkorlik muhitining sifati») ham muhim hisoblanadi.Jahon iqtisodiy forumining malumotlariga asoslangan hisob-kitoblar shuni korsatmoqdaki, tadbirkorlik muhitining omillari umuman mamlakatlar boyicha iqtisodiy osish dinamikasiga eng katta tasir korsatdi (60 foiz)4.
Janubi-Sharqiy Osiyo YaSM (yangi sanoatlashgan mamlakatlari)ning tajribasi shuni korsatmoqdaki, ularning jadal iqtisodiy o`sishining muhim shartlaridan biri bolib aynan davlat - biznes aloqasining mavjudligi hisoblanadi. M.Porterning takidlashicha, firmalarning raqobat jihatdan ustunliklari va mamlakatning iqtisodiy osishi darajasi ortasida bogliqlik mavjud.Tadbirkorlik muhiti tomonidan raqobatbardoshlikning eng muhim omillari bolib quyidagilar hisoblanadi: ichki bozorda raqobatning jadalligi, axborot infratuzilmasining rivojlanishi, talab hususiyatlarining murakkablashuvi va ichki taklifning miqdor va sifat boyicha talabga mosligi.Raqobatbardoshlik korsatkichlari va bozor institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonlari boyicha orqada qolish Ozbekistonda ham kuzatilmoqda. Bunga barham berishda innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirishga davlat tomonidan korsatiladigan komak asosiy rolni oynashi mumkin.Resurslar va daromadlarga bolgan mulkchilikning nodavlat huquqlari institutini rivojlantirish uchun davlat har xil mamuriy, byurokratik. tosiqlarga barham berish ishlarini kuchaytirish lozim, bu mayda va orta biznesni shakllantirish va rivojlantirish yolidagi byurokratik renta hajmini qisqartirish, tadbirkor insonlar muammolari va qiyinchiliklariga katta etibor qaratish, zarur moliyaviy va axborot muhitini yaratishni anglatadi. Aksariyat rivojlanayotgan davlatlardagi kabi respublikamizda ham hukumat tomonidan ornatiladigan firmalarning bozorga kirib borishiga ruxsat berish va undachiqish qoidalari ichki raqobat uchun asosiy institusional tosiq hisoblanadi. Hukumatning meyordan ortiq va qimmat turuvchi qoidalari ham korrupsiyaga komaklashadi va resurslarni taqsimlash sohasida noqulay oqibatlarga olib keladi, chunki ular xodimlar va firmani norasmiy bozor sohasiga otishga yoki mamlakatdan chiqib ketishga majbur qiladi. Uning orniga bozorlarda raqobatni rivojlantirish zarur, bu uning barcha ishtirokchilari uchun imkoniyatlar tengligiga erishishga komaklashadi.Davlat iqtisodiy osish uchun masuliyatni togridan-togri oz zimmasiga olmasligi kerak - bu biznesning ishi. Davlat faqat xususiy investisiyaga komaklashadi. Davlat yordami ozini ozi moliyalash asosida yoki loyihalarni amalga oshirish uchun biznesning javobgarligini nazarda tutuvchi boshqa shakllarda nisbatan katta bolmagan miqdorda korsatiladi. Bunda moliyaviy yordam faqat har yili Rossiya korxonalarida ishlab chiqarilgan yuzlab eng yaxshi mahsulotni tanlab oluvchi tanlov singari oshkora tashkil etilgan tanlovda golib chiqqan davogarlarga korsatilishi kerak.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish vazifalarini hal etish uchun uzoq muddatli rejada, jahon tajribasi korsatib turganidek, kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishga, bilimlarni baham korish va ITTKIni qollab-quvvatlashga hamda infratuzilmani rivojlantirishga investisiyalar davlat tomonidan tartibga solishning eng samarali choralari hisoblanadi.
Shu bilan birga, davlat siyosatida ustuvor yonalishlarni tanlab olish juda muhim. XX asrning 50-60-yillaridan farqli olaroq davlat hozirgi sharoitda rivojlanishning uzoq muddatli ustuvor yo`nalishlarini ozi belgilay olmaydi - tashqi muhitning tasiri juda katta. Ustuvor yonalishlarni bozor shakllantiradi, davlatning vazifasi esa rivojlanishning bunday ustuvor yonalishlarini tezroq aniqlashga komaklashishdan iborat. Buni faqat biznes va oz mintaqalarining rivojlanishidan manfaatdor bolgan mahalliy hokimiyatlar timsolida iqtisodiy agentlar bilan ozaro hamkorlikda hal etishi mumkin.
Biroq bunday ozaro hamkorlik faqat ustuvor yonalishlarni tanlash bilan chegaralanmasligi, balki tegishli ustuvor yonalishlar boyicha muayyan loyihalarni amalga oshirish doirasida davom ettirilishi lozim, chunki iqtisodiy agentlar birgalikda markaziy hukumatga qaraganda kattaroq hajmdagi resurslarga ega. Buning uchun ozaro hamkorlik qilish va loyihalarni birgalikda qollab-quvvatlash mexanizmlari va vositalarini ishlab chiqish talab etiladi.
Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklarini shakllanishi.Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xojaligi muvaffaqiyatli faoliyat korsatishining asosiy korsatkichi hisoblanadi, jahonning koplab mamlakatlarida, shu jumladan, otish iqtisodiyotiga ega bolgan mamlakatlarda raqobat togrisida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan shugullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi. Xususan Ozbekistonda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qomitasi (Monopoliyaga qarshi qomita) tashkil etilgan bolib, uning faoliyati respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar, shu jumladan, 
mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va firmalar xo`jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga yonaltirilgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi -bu iqtisodiyotning muhim 
korsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni ozida mujassam etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi xalqaro raqobatda namoyon boladi. 
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bolishning kop darajali shakllariga ega:
tovarning raqobatbardoshligi;
xodimning raqobatbardoshligi;
tovar ishlab chiqaruvchisining raqobatbardoshligi;
tarmoqning raqobatbardoshligi;
mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).
Bunda raqobatbardoshlikning barcha darajalari ortasida jips ichki va tashqi ozaro bogliqlik mavjud. Mamlakat va tarmoqning raqobatbardoshligi pirovardida muayyan tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish qobiliyatiga bogliq. Raqobatbardoshlikni barpo etish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy modeli mamlakatning umumiy xususiyatga ega bolgan va unda ishlab chiqaruvchilar raqobatlashadigan raqobat muhitini shakllantiruvchi tortta xususiyatidan iborat. Ushbu muhit raqobat ustunliklarini shakllantirishga komaklashishi ham yoki unga tosqinlik qilishi ham mumkin.

Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish