(Boshlovchi kechaning shartlarini e’lon qiladi.)
I shart. Guruhlar o’zlariga qo’ygan shartli nomlarini, emblemalarini sharxlashlari va mustaqil uyda bajargan Z.M.Bobur ijodi bo’yicha mustaqil tayyorlagan ishlarini hakamlarga topshirishlari so’raladi.
II shart. “Tezyurar” usuli. Bunda Z.M.Bobur haqida har bir guruh Bobur ijodi haqida bittadan ma’lumot aytishi va ikkinchi guruh birinchi guruh bayon etgan ma’lumotlarni takrorlamasliklari shart.
Masalan:
1-guruh: Adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili Z.M.Bobur 1483-yili Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’iladi.
2-guruh: Otasi Umarshayxmirzo Amir Temurga to’rtinchi avlod evara edi. Onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi – Yunusxon o’n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanadi.
1-guruh: 12 yoshida otasi o’limidan so’ng Farg’ona viloyatining hokimi etib tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |