Ona tili o’qitish metodikasi” fanidan ma’ruza matni


Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar



Download 1,03 Mb.
bet24/86
Sana10.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#441499
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
metodika

Diksiya ustida ishlash mashqlariga misollar:

  1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira- qara-shira so’zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so’ngra ovozni to shivirlashgacha paslatib talaffuz qilish.

  2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira so’zlarini sekin talaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish.

  3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o’quvchilar nuqson bilan talaffuz qiladigan so’zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.

  4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi.

Bolalarni so’zlayotganda to’g’ri nafas olishga, tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish zarur. Ba’zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so’zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o’qitish, tez aytishlarni hor bilan ayttirish foydalidir.

  1. Savod o’rgatish davrida o’quvchilar nutqini o’stirish.

Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o’rgatish ham, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish bilan bog’liq holda uyushtiriladi. Savod o’rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo’lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, fan darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog’lanadi. Bu davrda o’quvchilar nutqini o’stirishning vazifalari:

  1. bolalar nutqidagi kamchiliklarni to’g’rilash;

  2. ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog’liq holda lug’atini boyitish;

  3. o’quvchilar nutqidagi ayrim so’zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;

  4. gap va uch-to’rt gapli kichik “hikoyacha” (bog’lanishli nutq)ni og’zaki to’g’ri tuzish ko’nikmasini o’stirishdan iborat. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi fanlar bilan tanishish yordamida so’zni ovozli ishlatishga; ikkinchidan, turli tipdagi sodda yig’iq gap (Bolalar yuguryapti), sodda yoyiq gap (Lola do’konga bordi), uyushiq bo’lakli gap (Anvar oyisiga yordamlashdi, ukasiga qaraydi), qo’shma gap (O’g’il bolalar qushlarga in yasashyapti, qizlar don berishyapti) tuzadilar. Ular bu ko’nikmalarni amaliy-mashqlar yordamida egallaydilar.

Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o’stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Fanlar, uy-ro’zg’or asboblari, o’simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tema bo’lib xizmat qiladi.
Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi.
Birinchi sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda bolalarning o’yin va ermaklari, rasm ko’rish va Bu nima? Bu kim? Bu qanday fan? Kim nima qilyapti? kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi.
Savod o’ragatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli fanlarning nomini, ularning belgilarini aytish, fanlarni ma’lum belgilari asosida gruppalash kabi mashqlar kiradi.
Masalan o’qituvchining topshirig’iga muvofiq, ma’lum ber temada (kuz, mevali bog’, oila, sinf, maktab haqida) ikki so’zdan iborat gap tuzadilar; keyinroq esa shunday yig’iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. O’rgangan harflaridan so’zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar. O’qish darslarida rasmgaqarab kichik hikoyacha tuzadilar, o’qituvchini savollariga to’liq javob berishga o’rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi fan va hodisalar, hayvonlar va o’simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi.


  1. Download 1,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish