Asosiy adabiyotlar.
Maxmudov N, Nurmonov A, “O`zbek tilini nazariy grammatikasi” (“Sintaksis”) Toshkent – “O`qituvchi” 1966
Nurmonov A, Mahmudov N. va b. “o`zbek tilining mazmuniy sintaksis” Toshkent – “Fan” 1992 yil.
Ona tili. Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti va o`quv dasturi “Ta`lim taraqqiyoti” axborotnomasining 1-maxsus soni. Toshkent – “Sharq” 1999, 127-136 betlar.
Rasulov R. “O`zbek tilida yordamchi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” Toshkent – “Fan” 1983 yil.
Sayfullaev R. “Hozirgi o`zbek tilida qo`shma gaplarning formal-funkcional talqini” Toshkent – “Fan” 1994 yil.
G`ulomov A, Qobilova B. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. Toshkent – “O`qituvchi” 1995yil.
O`quvchilar nutqiga qo`yilgan asosiy talblar.
Ona tili mashg`ulotlarida matn ustida ishlash.
O`quvchilarni insho yozishga o`rgatish.
Ona tili mashg`ulotlarida matn bilan ishlash. Matn nutqiy hodisa bo`lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmunan birkishidir. “Qish qor yog`ayapti.” Shaklidagi uchtagina so`zning mazmunan birikishidan tortib, butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma`lum bir narsa, voqea-hodisani tasvirlaydi; u haqda xabar beradi; so`zlovchining munosabatini ifodalaydi.
Matn o`z tuzilishiga kzra gap, murakkab sintaksis butunlik, xat boshi, bo`lim, qism, bob va paragriflardan tashkil topishi mumkin. O`quvchilar tomonidan yaratilgan matnlar esa asosan gap, xat boshi va muayyan kichik qismlardan iborat bo`ladi. bu birliklar, albatta, matn hosil qilishga ishtirok etadi va uni shakllantirishda muhim ahamiyatga molik bo`ladi.
“Matnlar,-deb qayd qilinadi o`quv darslarida, -xilma-xildir. Ularning aniq tili va ko`rinishlari qisman darsliklarda berilsa, asosan o`qituvchi tomonidan belgilanadi.” Shuning uchun dastur o`qituvchiga darslikdagi matnlarni o`z didi, talabi, sharoitiga qulayligi bilan bemalol almashtirish o`qitish jarayonini tom ma`nodagi ijodiylik va izlanuvchanlik asosida qurishga tuliq imkoniyat beradi.
“Ona tili” darslarida berilgan matnlarni; a) ta`limiy-ma`rifiy matnlar hamda b) ta`limiy-tarbiyaviy matnlar singari ikki guruhga ajratish mumkin.
Ta`limiy-ma`rifiy matnlar ona tilining grammatik qurilishi, lisoniy tushuncha va ta`riflar sharhiga oid matnlar bo`lib, nazariy bilim, malaka va ko`nikmalarni hosil qilidirish muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, V sinf darsligida berilgan “Tilshunoslik fani” (162-mashq), “Nutq” (166-mashq), “Nutq tovushlari” (168-mashq), “Adabiy talaffuz va imlo” (177-mashq), “Ntuq bezagi” (24-mashq), “Keng qo`llanishili va tor qo`llanishli so`zlar” (227-mashq) shunday matnlar sirasiga kiradi.
Ta`limiy-tarbiyaviy matnlar esa bilim berishni ham, tarbiyalashni ko`zda tutadi. Bunday matnlar sirasiga “Alisher bilan bulbul” (41-mashq), “Bahri-bayt” (181-mashq), “So`z ko`rki-maqol” (249-mashq), “Anor” (164-mashq), “Alisherning zukkoligi” (274-mashq) singarilarni kiritish mumkin. Har bir mashg`ulotda o`quvchilar tomonidan yaratiladigan matn to`la-to`kis ijodiydir. Ona tili darslarida ular hosil qilingan nazariy bilim, malaka va ko`nikmalarni amalda qo`llab matn yaratishlari, berilgan mavzu asosida kichik ishno yozishlari mumkin.
Matnlar uslub jihatidan rang-barangdir. Ona tili mashg`ulotlarida badiiy, publicistik, ilmiy-va rasmiy-idoraviy matnlardan foydalaniladi. Har bir uslub o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ma`lum bir til me`yorini talab etadi.
Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o`ziga xos xususiyati ularda tasviriylik va ta`sirchanlikning kuchliligidir. O`quvchi badiiy matn yaratishda tabiat va ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo`ladi; uning mohiyatini ochish uchun turli-tuman leksik birliklar (ko`chma ma`noli so`zlar, ma`nodosh va qarama-qarshi ma`noli so`zlar, tasviriy ifoda va fraziologik birliklar, adabiy tilning tasvir vositalari: o`xshatish, mubolag`a, kuchaytirish, jonlashtirish kabilar) dan o`z imkoniyatiga qarab bemalol foydalan oladi. Badiiy matn o`quvchilarda badiiy didni shakllantiradi. O`quvchi bunday matnlar orqali go`zallik va nafosat olamiga kiradi; o`z quvonchi va tashvishlari bilan o`rtoqlashadi; sevimli qahramonlariga ergashadi.
Publicistik matn ko`proq matbuotga xos bo`lib, u xabar, maqola taqriz, reportaj kabilarda namoyon bo`ladi. ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilarni publicistik matnlar yaratishga o`rgatish uchun avvalo ularni bu usulning til xususiyatlari ustida ishlashlarini tashkil etishga to`g`ri keladi. Publicistik matnning til aniq, ravon, ixcham, jonli bo`lib, u nutqning ta`sirchanligini va ommapobligini ta`minlaydi.
Ona tili mashg`ulotlarida ilmiy matnlardan ham keng foydalaniladi. O`quvchilar yaratadigan ilmiy matnlarni ikki guruhga ajratish mumkin: a) sof ilmiy matnlar; b) ilmiy ommapob matnlar. Sof ilmiy matnlar faqat ma`lum bir sohaga doir tushunchalar asosida yaratiladi. Ilmiy-ommador matnlar esa ko`pchilikka tushunarli bo`lib, ayrim murakkab tushunchalarga izoh beriladi.
Matnning eng oliy ko`rinishi inshodir. U mustaqil yaratiladigan o`ziga xos ijodiy asar bo`lib, o`quvchi faoliyatining eng murakkab ko`rinishi hisoblanadi.
Inshoda bolaning o`zligi namoyon bo`ladi. uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil tayyorgarligi yozgan inshosidan ma`lum bo`ladi. Boshqacha aytganda, insho o`quvchining qiyofasini o`zida aks ettiruvchi ko`zgudir. Bu quzga orqali u nafaqat o`zini ko`radi. Balki boshqalarga o`zligini tanitadi.
Ishno o`quvchilarning ona tilidan egallagan bilimlarni o`zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o`quvchining ijodiy-amaliy faoliyatiga kuchadi. Shuning uchun ona tili o`qituvchilari darsda mustaqil ishning bu muhim turiga alohida e`tibor qaratishlari zarur.
Insho sarlavhani to`g`ri belgilashdan boshlanadi. To`g`ri tanlangan sarlavha inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tashlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga o`rgatish boshlang`ich sinflardayoq boshlanadi. Berilgan matnni bir necha mustaqil qismlarga ajratish, ularning har biriga sarlavha topish, bir matnga bir necha sarlavha tanlash kabi ishlar faqat boshlang`ich sinflarda emas, balki keyingi bosqichlarda ham davom ettiriladi.
Sarlavha inshodan yoritilgan fikrlarga muvofiq kelishi va uning mazmunini to`la qamrab olishi lozim, kuzning shirin-sharbat mevalari xususida fikr yuritib, uning sarlavhasini “Polizda” yoki “Qovun pishdi” deb atab bo`lmaydi. U albatta “Kuz saxovati”, “Mevalar g`arq pishdi”, “Kuz ne`matlari” kabi nomlar bilan atalishi lozim.
Inshoni to`g`ri nomlash uchun undagi asosiy fikrni ajrata olmoq ham kerak. O`quvchi nimalar haqida yozishini aniq tasavvur etmay turib, uni to`g`ri nomlay olmaydi.
O`quvchi mavzu talabini to`g`ri anglashi ham lozim. Masalan, insho mavzusi “Ta`til kunlarining birida” deb nomlangan bo`lsa, o`quvchi butun bahorgi, qishki, yoki yozgi ta`til haqida fikr yurita olmaydi. Mavzu “Mening sevimli qahramonim” deb nomlangan bo`lsa, o`qilgan asarlardagi barcha qahramonlar haqida fikr yurita bilmasligi aniq.
Inshoga material to`plash ham uni to`g`ri yoritishda muhim ahamiyatga ega. Shuni unutmaslik lozimki, har bir o`quvchi borliqni, undagi narsa, voqea-hodisalarni, tevarak-atrofni, odamlarni, badiiy asar qahramonlarini o`z ko`zi bilan ko`radi. Demak, har bir o`quvchi inshoga o`zicha material to`playdi. Insho uchun asosiy material bu avvalo hayotning o`zi, uning kitoblardagi. San`atdagi ifodasidir. Shuning uchun har bir o`quvchida kuzatuvchanlik xususiyati to`la shakllangan bo`lishi lozim. Kuzatish bevosita o`quvchi rahbarligida yoki mustaqil ravishda amalga oshirilishi mumkin.
O`quvchi insho yozish uchun borliqni kuzatar ekan, demak, u nimalar haqida fikr yuritish lozimligini o`ylaydi va shunga muvoifq keladigan materiallarni yig`adi.
Insho uchun material to`plashda manba muhim ahamiyatga ega. Masalan, rasm asosida material to`plash, borliqni kuzatish yoki badiiy asar asosida material to`plashdan farq qiladi. Rasm asosida material to`playotganda ko`proq rassomning maqsadi, unda tasvirlangan narsa, voqea-hodisalar, ranglarning tanlanishi, tasvirning diqqatga sazovor tomonlari va kamchiliklari singarilarga ko`proq e`tibor qaratilsa, badiiy asar asosida material to`playotganda yozuvchining maqsadi asarda ishtirok etgan shaxslar, yozuvchi yoki shoirning obraz yaratish mahorati, asardan chiqariladigan xulosa kabilar markaziy o`rinni egallaydi.
To`plangan materialni tartibga solish va uni muayyan izchillikda bera olish ham o`quvch uchun o`ta zarur malakalardan biri sanaladi. Tartibga solish bu avvalo to`plangan materialni saralab, uning ichidan yoritilayotgan mavzu uchun zarurini ajratish, ularni mantiqiy izchillikda joylashtirish demakdir. Bu ishda o`quvchiga puxta uylab tuzilgan reja yaxshi yordam beradi.
Yozilgan inshoni takomillashtirish, unda yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish ham o`quvchilar uchun o`ta zarur malakalardan yuiridir. Matnni takomillashtirish bu imloviy, punktuacion xatolar ustida ishlashdangina iborat emas, balki mazmunni takomillashtirishni ham o`z ichiga qamrab oladi. O`quvchi yozgan inshoni ta`lili qilishga qiziqishi, bu ishga ehtiyoj sezishi, xatoni tuzatish usullarini bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma`l
umki, o`quvchi o`z ishidagi xatolarni aniqlashdan ko`ra o`zgalar ishidagi xatolarni tezroq topadi. Shuning uchun ularga ba`zida bir-birlarining ishlarini tekshirishni topshirish ham mumkin.
Yozilgan inshoni takomillashtirish uchun o`quvchi uni diqqat bilan o`qishi, mazmun ustida ishlashni, imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar ustida ishlash bilan birga amalga oshirish malakalariga ega bo`lishi kerak.
O`quvchilar inshoni tur jihatdan ham xilma-xildir, Pedagogik maqsadiga ko`ra o`quvchilar inshosini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
ta`limiy insholar;
nazorat qilishga qaratilgan insholar;
ko`rik-tanlov insholari.
Ular o`zaro chambarchas bog`langan. Ta`limiy insholar ayni vaqtda nazorat uchun ham xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan insho ta`limiy maqsad, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan.
Mavzu tanlash, asosiy g`oyani belgilash, material yig`ish, reja tuzish, shu asosda to`plangan materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozganlarni takomillashtirish kabi ishlar barcha turdagi insholar uchun xosdir.
Insholarning asosiy qismini ta`limiy insholar tashkil etadi. Bunday insholar, asosan, o`qitishga qaratilgan, o`rgatishni ko`zlaydigan insholardir. Til hodisalarni amalda qo`llashga o`rgatish, o`zbek adabiy tilning boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi zarur malakalar deyarli ta`limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu insholarning qoralama va oqlama nusxalari bo`lmaydi. Ular, odatda, o`quvchilarning mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun matnlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o`quvchi o`z inshosida bemalol foydalanishi mumkin.
Nazoratga qaratilgan insholar, odatda katta bo`limlar o`rganilgandan keyin, yoki chorak oxiri va o`quv yilining oxirida o`tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o`quvchining egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o`tkaziladi, ular avval qoralama nusxada bajarilib, keyin takomillashtirilgach, oqqa ko`chiriladi. Odatda, nazorat maqsadini ko`zlagan insholarga ikki soat vaqt ajratish maqsadga muvofiqdir.
Ko`rik-tanlov uchun yozilgan insholar sinf yoki maktab g`oliblarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Ona tilidan insho mavzularoi oldindan e`lon qilinadi; o`quvchilar ko`rik –tanlov shartlari bilan tanishtiriladi. Shubhasiz, g`olib o`quvchilarni aniqlash maqsadida o`tkaziladigan bunday ko`riklar ijodiy ishga bo`lgan qiziqishni oshiradi.
Ona tili mashg`ulotlarida qo`llaniladigan insholarni mavzu jihatidan ilmiy, badiiy va erkin mavzularga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |