402-mashq.
Uyga vazifa.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati
” har bir xona-
donda bo‘lishi kerak, degan fi krga qanday qaraysiz? “Men uchun zarur
lug‘at – izohli lug‘at
” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn yarating.
117-dars. IMLO LUG‘ATI
– Do‘stim, devoriy gazetaga maqola yozayotgan edim. Ba’zi
so‘zlarni yozishga qiynalyapman.
– Qanday aytsang, shunday yozavermaysanmi? Baribir, tahriri-
yatimiz a’zolari tekshirib, keyin gazetani chiqarishadi-ku!
– Yo‘g‘-e, o‘zimiz ishlatadigan so‘zlarimizni ham bilmas ekan-
da, deyishadi. Harakat qilganimni
uqtirolmayman, “savodsiz
ekan”, degan fi kr qoladi ularda.
– Hadeb
so‘rayvermaysan-ku? “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” ki-
tobing bormi?
– Yo‘q, shu kitobni sotib olishim kerak.
– Uning bir necha xil nashrlari bor. Juda bo‘lmasa, internetdan
ham topsang bo‘ladi.
– Rahmat, do‘stim. To‘g‘ri yozish –
Do'stlaringiz bilan baham: |