Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


  Kadrlar  tayyorlash  jarayonidagi  kasbiy-malakaviy  o`zgarishlar



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/211
Sana27.09.2021
Hajmi1,68 Mb.
#187281
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211
Bog'liq
kasbiy pedagogika fanidan maruzalar matni

1.4.  Kadrlar  tayyorlash  jarayonidagi  kasbiy-malakaviy  o`zgarishlar.  Kasbiy  ta`lim  uzoq 
davr  mobaynida  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni  tarbiyalashga  yo`naltirildi,  biroq  ushbu  chora 
bitiruvchilarning  kasbiy  mahoratining  shakllanish  darajasini  pasayishi  hisobiga  amalga  oshirildi.  Bu 
holat  kasbiy  mahorat  va  layoqatni  oshirish,  insonning  butun  umri  davomida  o`z  bilimini 
takomillashtirib  borishi  hamda  o`z-o`zini  tarbiyalash  ehtiyojini  oshirishga  xizmat  qilmas  edi. 
Respublika xalq ta`limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy ta`limni samarali tashkil 
etish,  ishchi  kasblariga  maxsus  tayyorlash,  ta`lim  oluvchi  shaxsida  kasbiy  mahorat  va  layoqat 
sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida e`tibor berilmoqda. 


 
11 
Kasbiy  mahorat  deyilganda  bitiruvchining  yuqori  darajada  kasbiy  ko`nikma  va  malakalarni 
egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo`yicha raqobatbardoshlik 
darajasi  aks  ettirishida  namoyon  bo`ladi.  Kasbiy  mahorat  ishchi  kuchlarining  yuqori  darajadagi 
moslashuvchanligi,  yangiliklarni  tez  o`zlashtirishi,  yangi  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  oz  vaqt  ichida 
o`ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi. 
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlaridirki, ular bo`lajak mutaxassisning hayotiy 
hamda  mehnat  muvvafaqiyatlarini  belgilab  beradi.  Mustaqil  O`zbekiston  Respublikasida  ta`limni 
rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosi vazifasi jahon talablari darajasida 
yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat 
darajasiga  ko`taradigan  mutaxassislarni  tayyorlash,  ushbu  jarayonda  asosiy  omil  sifatida  beriladigan 
axborotlar  hajmini  e’tirof  etish  emas,  balki  ularga  nisbatan  ijodiy  yondoshuvni  shaklantirish  va 
mustaqil  fikrlash  kabi  sifatlarini  tarbiyalashdan  iboratdir.  SHu  sababli  bugungi  kunda  barcha  fan 
sohalari,  jumladan,  kasb  ta`limi  bo`yicha  yangi  o`quv  darsliklari,  qo`llanma  va  tavsiyalarni  yaratish 
muhim  ahamiyatga  ega  bo`lmoqda.  Bu  o`rinda  kasb  ta`limiga  bo`lgan  e`tiborning  ortib 
borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: 
*  ta`lim  islohotlari  natijasida  akadem  litsey,  kasb-hunar  kollejlari  va  boshqa  turdagi  o`quv 
muassasalarining shakllantirishilishi va rivojlanishi; 
*  oliy o`quv  yurtlarida kasb ta`limini o`qitilishning  yo`lga qo`yilayotganligi, bu borada alohida 
fakul’tet va bo`limlarning tashkil etilishi; 
*  kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog`lanib borishi, istiqbolda amalga 
oshirilishi  ko`zda  tutilgan  bilim  sohalari  tutashuvida  yangi  kontseptsiya  va  nazariyalarning  yuzaga 
kelishi;  
*  kasbiy  ta`lim  muassasalarining  aholiga  ta`lim  xizmatlarini  ko`rsatish  borasidagi  faoliyat 
turlarining ortib borishi, o`z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yo`lga qo`yilishi; mehnatni 
tashkil qilishning ilg`or shakllarini joriy etishi va boshqalar. 
Ularning  kasbiy  pedagogika  talabalar  ta`limi,  tarbiyasi,  o`qishi  hamda  rivojlanishi 
qonuniyatlarini o`rganadi, ta`lim- tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash mezonlarini 
ishlab chiqadi, kasb ta`limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimini asoslaydi. U pedagogik 
nazariyalar 
to`g`risidagi 
bilimlarni, 
innovatsion 
texnologiyalarni 
loyihalash 
uslublarini 
umumlashtiradi.  Kasbiy  pedagogika  fani  shaxsni  kasbiy  faoliyatga  tayyorlash,  yosh  avlodni  kasbiy 
tarbiyalash, malakali ishchi kuchining yangi talablar darajasida faoliyat yuritishini ta’minlashni ko`zda 
tutadi.  

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish