Kombinitsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o’tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarni) tekshirish, ya’ni bilimlarni o’rganish va mustahkamlash kabilar hal qilinadi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, yuarchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinisiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metodlar va uslublar: suhbat, o’qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko’rish, maqolalar o’qish va ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar qilish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinisiyalashtirilgan tipdagi darsni o’tishda eng tarqalgan xato-barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o’qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Dars o’tishga shunday yondashish ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslik o’qituvchisi tabiat to’g’risidagi bilimlarning asosiy manbaiy tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mustahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari to’g’risida muayyan konkret bilimlar yig’indisini oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni qarab chiqadilar va taqqoslaydilar, ulardagi tarkibiy qismlarni, umumiy va tafavut qiladigan belgilavrni ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish frontal tarzda yoki gruhlar bo’g’iyacha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantiradi quntlilikni, mehnatsevarlikni tariyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriya ishi uquvlarini oladilar chunki darsda o’tkaziladigan ish element tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak, urda bolalar o’rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalar o’tkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning salmog’i eng kup bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi kerak. Tarqatma materiallar o’quvchilar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kolleksiyalari, qurulish materiallari, foydali qazilmalar)dan foydalanish mumkin.
Shu maqsadda foydalaniladigan tabiiy materialri tayyorlashning eng qulay vaqti-bahorgi va yozgi ta’til kunlaridir. Ko’p bolalar yozda sanatoriya shu kabi joylarga boradilar. Ularga tabiatshunoslik kabineti uchun tabiiy material yig’ib kelish topshirilib, bu imkoniyatlardan foydalanmoq zarur. Biroq bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga ehtiyotkorlik bilian munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari lozim.
2-sinf dasturida predmetli darslar mo’ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o’simliklarda ildiz,poya, barg, gul, meva va urug’larni taniiy olishga qrganadilar, qishda o’simliklar haytini, urug’lardan o’simliklar rivojlanishini (ilgari qo’yilgan tajribalar asosida) kuzatadilar va h.k. 3-sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlar oladilar.
Garchi 3-sinf o’quvchilari 2-signfda hosil qilingan predmetli darsidagi ba’zi ish tajribasila ega bo’lsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligini, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqida maxsus yo’l-yo’riqlarga muhtoj bo’ladilar.
Predmetli darsning rejasi bo’lishi mumkin:
dars mavzusi va maqsadini bildirish;
ish planini doska va daftarlarga yozish;
tarqatma material bilan mustaqil ish;
ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilaytgan obyekt xususiyatlarini ta’riflash, uni ilgari –o’rganilgan bilan taqqoslash, qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
daftarlarga yozuvlar qilish va rasmlar chizish;
bilimlarni mustahkamlash va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |