«kompleks fanlar»
deb
nomlanadigan kibernetika, san’atshunoslik, madaniyatshunoslik, ekologiya va
boshqa fanlar).
Fanlar paydo bo‘lishining ko‘rsatilgan yo‘llari turli sabablarga ko‘ra birikishi ham
mumkin. Masalan, muhim ijtimoiy vazifa yuzaga kelgan va uni yechish uchun turli
fanlarning ma’lumotlaridan foydalanish talab etilganida. Bu holda yangi fanning
shakllanish manbaiga aylanishga qodir bo‘lgan fanlararo tadqiqotlar o‘tkazishga
to‘g‘ri keladi.
Ilmiy bilishning hozirgi bosqichida turli fanlar tutashgan joyda o‘tkazilayotgan
tadqiqotlarning istiqboli ayniqsa porloq hisoblanadi. Ayni shu turdagi ishlar
ko‘pincha yangi faktlar, metodlar va nazariy yondashuvlarning topilishi bilan
bog‘liq kashfiyotlar va ixtirolarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |