Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori


Fan va texnolog rivojlant, muvofiklashtirish qo‘mitasi



Download 478,32 Kb.
bet73/90
Sana21.09.2021
Hajmi478,32 Kb.
#181337
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
Oliy attestatsiya komissiyasi rais qarori

Fan va texnolog rivojlant, muvofiklashtirish qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining
QARORI
28 dekabr 2012 y.   № 365

Oliy o‘quv yurtidan  keyingi ta’lim hamda  oliy malakali ilmiy

va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish  tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son  Farmonini bajarish yuzasidan  hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

 

1. Quyidagilar:



 

Oliy o‘quv yurtidan  keyingi ta’limga  qo‘yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq;

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining  xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;



 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;

 

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi xujjatlarning – fan doktori diplomining, shuningdek professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlarining davlat namunalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



 

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,  Xalq ta’limi vazirligi,  Sog‘liqni saqlash vazirligi,  Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash to‘g‘risidagi Nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilganligi va  belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

3. Belgilab qo‘yilsinki, ilmiy darajasi mavjudligi uchun  lavozimlariga qo‘shimcha haq va boshqa ustamalar 2013 yil 1 yanvardan boshlab to‘lanmaydi.



 

4. Vazirlar Maxkamasi ikki xafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va taxnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda  Vazirlar Maxkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritilsin.



 

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston  Respublikasining Bosh vaziri SH.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

 

 

 



O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                                     I.Karimov

 


Download 478,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish